This article analyzes the representation of patriarchal stereotypes and their influence on the status of women in Russian Soviet-era novels of the 1920s–1950s. Despite the officially proclaimed gender equality, Soviet society largely preserved traditional views on women’s social and familial roles. Literature of this period reveals a clear contradiction between ideological principles and women’s lived experiences. The study focuses on the image of women as objects of social control and patriarchal expectations. Particular attention is paid to such forms of women’s subordination as familial dependence, psychological pressure, and restrictions on personal choice. The methodological framework of the research is based on gender-oriented and socio-cultural approaches to literary analysis. The article examines marriage and family as key mechanisms for the reproduction of patriarchal stereotypes. It also analyzes the inner conflicts of female characters and their latent forms of resistance to the existing system.
Mazkur ilmiy maqola o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda statistik usullarni qo‘llashning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari hamda amaliy ahamiyatini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy ta’lim tizimida baholash jarayonining aniqligi va obyektivligi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ta’lim sifati bevosita baholash mexanizmlariga bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, statistik usullar o‘quvchilarning haqiqiy bilim darajasini aniqlashda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada deskriptiv statistika, inferensial statistika, klassik test nazariyasi (CTT) hamda zamonaviy Item Response Theory (IRT) modellari asosida baholash tizimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari tajribasi, jumladan PISA va TIMSS kabi tizimlar orqali statistik baholashning samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, statistik usullar yordamida tashkil etilgan baholash tizimi o‘quvchilarning bilim darajasini aniq, ishonchli va kompleks baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, statistik tahlil asosida o‘quv jarayonini optimallashtirish, individual yondashuvni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish mumkin.
Ushbu maqolada yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli, sud hokimiyatining mustaqilligi hamda "inson qadri" tamoyilining sud amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Muallif fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati misolida mulk daxlsizligi va ijtimoiy himoya masalalariga to‘xtalib o‘tgan.
Bul ilimiy maqalada jahan estradasınıń payda bolıwı, tariyxıy qáliplesiwi hám rawajlanıw basqıshları keń túrde taldanadı. Estrada muzıkası XX ásirde payda bolıp, radio, televideniye hám keyinirek internet arqalı dúnyanıń eń keń taralǵan muzıka baǵıtlarınıń birine aylandı. Maqalada estrada janrınıń tiykarǵı belgileri, Batıs hám Sharq mádeniyatlarınıń ózara áseri, globallasıw hám sanlı texnologiyalardıń muzıka industriyasına kórsetken tásiri ilimiy derekler negizinde bayan etiledi. Sonıń menen birge dúnyajúzilik estrada wákilleriniń dóretiwshilik úlesi analiz qilinadı.
Mazkur maqolada Yevropa va Rossiya ishlab chiqaruvchilariga mansub yog‘och qirindisi (DSP), yog‘och tolali (MDF) hamda ularning laminatlangan turlari (LDSP, L-MDF) ning fizik-mexanik xossalari eksperimental tadqiq etildi. Tadqiqotlar O‘zDSt 3478-2020, GOST 10632-2014 va GOST 32289-2013 standartlari asosida laboratoriya sharoitida amalga oshirildi. Sinov natijalariga ko‘ra, Yevropa ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari yuqori zichlik (715–830 kg/m³) va egilishdagi mustahkamlik (15,3–30,8 MPa) ko‘rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, laminatlash texnologiyasi materiallarning mustahkamligini oshirishi va suv ta’sirida shishish darajasini kamaytirishi tajriba asosida tasdiqlandi. Barcha namunalar normativ talablarga javob bergan bo‘lsa-da, Rossiya va boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida ayrim ko‘rsatkichlar pastroq qiymatlarni namoyon etdi. Tadqiqot natijalari yog‘och asosli plitalarning sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish texnologiyasi va xomashyo xususiyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda ularni takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.