International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



ÁDEBIY TIL HÁM INDIVIDUAL STILLIK MASHQALALARI (K. RAXMANOV SHIǴARMALARI MISALINDA)

Bul maqalada ádebiy til hám individual stillik mashqalaları, K.Raxmanovtıń individual stili haqqında sóz etiledi.


07.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
INTERTEKSTUALLIK NAZARIYASI: M.BAXTIN DIALOGIZMI, YU.KRISTEVA, R.BART, J.JENETT TASNIFLARI VA ULARNING O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA QO‘LLANILISHI

Maqolada intertekstuallik nazariyasining M.Baxtin dialogizmidan Yu.Kristeva, R.Bart va J.Jenett konsepsiyalarigacha bo‘lgan tadriji qiyosiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Nazariyalar subyekt maqomi, matn chegarasi, munosabat birligi va o‘quvchi roli mezonlari asosida taqqoslanib, ularning “keng” (ontologik) va “tor” (tahliliy) modellarga ajralishi asoslanadi. Jenettning transtekstuallik tasnifi Sharq mumtoz poetikasidagi talmeh, tazmin, iqtibos, nazira, taxmis va sharh bilan funksional muvofiqlashtiriladi. O‘zbek tadqiqotlari tahlili asosida atamaning haddan tashqari kengaytirilishi xavfi ko‘rsatilib, ikki bosqichli tahlil modeli taklif etiladi.


07.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
TOPOLOGIYANI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Maqolada oliy ta’limda topologiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Topologik fazo, ochiq va yopiq to‘plam, baza, uzluksizlik, kompaktlik, bog‘langanlik, homeomorfizm, ko‘paytma va faktor fazo kabi abstrakt tushunchalarni o‘zlashtirishda talabani faol fikrlashga jalb etish zarurligi asoslanadi. Tadqiqot nazariy tahlil, qiyosiy-pedagogik tahlil va metodik modellashtirishga tayangan. Interfaol savol-javob, Think–Pair–Share, peer instruction, muammoli ta’lim, inquiry-based learning, guruhli isbot, konsept xarita, gallery walk va vizual modellashtirish usullarining topologiya darsiga mos shakllari taklif etiladi. Natijada interfaol metodlarni oddiy “faollashtirish” vositasi sifatida emas, balki ta’rif-misol-qarshi misol-isbot-refleksiya zanjirini tashkil etuvchi didaktik tizim sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatiladi.


07.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
ЎЗБЕКИСТОН ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ МОЛИЯВИЙ БАРҚАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА КАПИТАЛ ЕТАРЛИЛИГИ ВА ЛИКВИДЛИК КЎРСАТКИЧЛАРНИНГ ЎРНИ

Мазкур мақолада тижорат банкларида молиявий барқарорлик, капитал етарлилиги ҳамда банкларнинг ликвидлик кўрсаткичлари ҳақида фикр юритилади. Бугунги кундаги жадал иқтисодий ўзгаришлар тижорат банкларига юқорида санаб ўтилган кўрсаткичларга қандай таъсир ўтказиши, тижорат банкларининг молиявий барқарорлигини таъминлашда қандай ишларни амалга ошириш юзасидан мулоҳазалар юритилган.


07.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
ISO 9001 SERIYALI STANDARTLARNI UYG‘UNLASHTIRISHNING AFZALLIKLARI SIFAT MENEJMENTI TIZIMIDA YAGONA YONDASHUV, JARAYONLAR INTEGRATSIYASI VA DOIMIY TAKOMILLASHTIRISH

Asosiy g‘oya: talablarni uyg‘un qo‘llash orqali sifatni boshqarishni izchil, samarali va o‘lchanadigan tizimga aylantirish.


06.10.2026 Volume 5 Issue 10 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor