Ushbu maqolada, urbanizatsiya va inson qadri XXI asr sotsial infrastruktura ekotizimining transformatsiyasi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. XXI asrda urbanizatsiya insoniyat jamiyatining eng muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘lib, nafaqat hududiy va iqtisodiy tizimlarni, balki inson qadr-qimmatining asoslarini ham qayta shakllantirmoqda. Tadqiqot urbanizatsiyaning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini yoritib, inson markazidagi barqaror shahar rivojlanishi modelini taklif etadi.
Ushbu maqolada, kognitiv kommunikatsiya oqimi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Kognitiv kommunikatsiya oqimi - ma’lumotning idrok etilishi, talqin qilinishi, qayta ishlanishi, xotirada saqlanishi va shaxslar yoki tizimlar o‘rtasida uzatilishi orqali kechadigan dinamik jarayondir. U kognitiv fan, tilshunoslik, nevrologiya va kommunikatsiya nazariyasi tamoyillarini integratsiya qilib, ma’noning qanday shakllanishi va uzatilishini tushuntiradi.
Mazkur maqolada siyosiy jarayonlar va ularni ilmiy tahlil qilish usullarining ahamiyati yoritilgan. Siyosatshunoslik fanining predmeti, siyosiy tahlilning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, deduktiv va induktiv yondashuvlarning o‘rni tahlil qilingan. Siyosiy tahlil yordamida jamiyatdagi siyosiy hodisalarni chuqur anglash, ularning sabab va oqibatlarini aniqlash hamda kelajakdagi jarayonlarni prognoz qilish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada analitik fikrlashning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi muhim roli alohida ta’kidlangan.
Ushbu maqolada intellektual mulk tushunchasiga ta’rif berilishi bilan bir qatorda intellektual mulk huquqining jamiyat hayotidagi asosiy o’rni, uning fuqarolik huquqidagi roli e’tirof etiladi. Bugungi kundagi fuqarolik tizimimizdagi boshqa institutlar, xususan, mulk huquqiga oid institutlardan intellektual mulk huquqining asosiy ajralib turadigan jihatlari yoritildi. O’z navbatida intellektual mulk huquqini tashkil etuvchi uning ob’ektlari turlariga ham qisqacha to’xtalib o’tildi.