Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi va raqamli dalillarga oid so‘nggi qonunchilik normalari xalqaro standartlar, xususan, Yevropa Ittifoqining "AI Act" reglamenti bilan qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida SI tizimlari ustidan mustaqil huquqiy audit va "kibermutaxassis" institutsional modelini joriy etish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan. Ushbu xulosalar SI tizimlarini davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qilish sohasiga qonuniy integratsiya qilishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur maqolada o‘zbek jadid adabiyotining yirik namoyandasi, dramaturg, shoir va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida shakllangan ma’rifatparvarlik g‘oyalari keng qamrovli ilmiy-nazariy tahlil asosida yoritilib, uning asarlarida jamiyatni jaholatdan chiqarish, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, ayollar erkinligini qo‘llab-quvvatlash hamda diniy mutaassiblikka qarshi kurashish singari masalalar qanday badiiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy vositalar orqali ifodalangani izchil tahlil qilinadi, shuningdek, ushbu g‘oyalarning zamonaviy ta’lim tizimi, bioijtimoiy rivojlanish konsepsiyalari va shaxs kamoloti nazariyalari bilan uyg‘unligi asoslab beriladi.
Isteʼmol, jamgʻarma va investitsiyalar har qanday iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ushbu maqola mazkur tushunchalarning oʻzaro bogʻliqligini, ularning iqtisodiy oʻsish va barqarorlikka taʼsirini tahlil qiladi. Tadqiqot isteʼmol xatti-harakatlari, jamgʻarma mezonlari va investitsiya qarorlarining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirini oʻrganadi. Natijalar milliy iqtisodiyotda samarali siyosatni ishlab chiqish uchun muhim xulosalarni taqdim etadi.
Статья посвящена исследованию кибервойны как одной из ключевых форм современного межгосударственного противостояния, возникающей в условиях глобальной цифровизации. Анализируются понятие, признаки и особенности кибервойны, а также её отличие от традиционных форм вооружённых конфликтов. Особое внимание уделяется современным методам ведения кибервойн и их воздействию на критическую инфраструктуру государств. Также рассматриваются актуальные проблемы правовой квалификации кибератак и пробелы в международно-правовом регулировании данной сферы. В результате исследования обосновывается необходимость формирования эффективных международных механизмов правового регулирования и сотрудничества государств в целях противодействия киберугрозам.
Zamonaviy davlat boshqaruvi va sud-huquq islohotlari sharoitida sud tizimini raqamlashtirish nafaqat protsessual qulaylik yaratish, balki odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta’minlovchi asosiy garovga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini raqamlashtirish jarayonlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, my.sud.uz platformasining joriy etilishi jismoniy va yuridik shaxslarga sud binosiga bormasdan, masofaviy tarzda murojaat qilish, ishlarni onlayn kuzatish va sud qarorlarini elektron shaklda olish imkoniyatini berdi.