Mazkur maqolada yengil sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari davomida yuzaga keladigan asosiy xavf omillari, ularning xodimlar salomatligi, mehnat unumdorligi hamda korxona faoliyatining barqarorligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada yengil sanoat korxonalarida xavflarni baholash va boshqarishning zamonaviy usullari, jumladan risklarni identifikatsiya qilish, monitoring olib borish, profilaktik nazorat tizimlarini joriy etish, raqamli boshqaruv texnologiyalaridan foydalanish hamda xodimlar malakasini muntazam oshirib borish masalalari yoritilgan.
Ushbu maqolada XX asr oʻzbek adabiyotining durdonalaridan biri – Murod Muhammad Doʻstning “Lolazor” romani “shaxs va tuzum” muammosi prizmasidan tadqiq etiladi. Asarda turgʻunlik davri ijtimoiy-siyosiy muhitining inson ruhiyatiga koʻrsatgan halokatli taʼsiri, Nazar Yaxshiboyev obrazi orqali shaxsiyatning ikkilanishi va maʼnaviy inqirozi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada tuzumning qoliplari va inson erkinligi oʻrtasidagi ziddiyatlar, xushomadgoʻylik va sadoqat tushunchalarining deformatsiyasi badiiy dalillar yordamida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari mustabid tuzum sharoitida shaxsning oʻzligini saqlab qolish imkoniyatlari va fojiasini tushunishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihatdan o‘rganilishi, ularning xalq madaniyati, tarixiy xotirasi va mentalitetini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Fransuz, o‘zbek va boshqa madaniyatlarda frazeologizmlarning ramziy ma’nosi, obrazlar tizimi, lingvomadaniy lakunalar, kognitiv metaforalar va konseptlar misollar yordamida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarni tarjima qilishdagi madaniy fonning ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot lingvokulturologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, globalizatsiya sharoitidagi o‘zgarishlar va milliy o‘zlikning til orqali saqlanishi masalalarini ham qamrab oladi.
Mazkur ilmiy maqolada paremiologiya fanining nazariy asoslari, uning tilshunoslik tizimidagi o‘rni hamda fransuz paremiologiyasining lingvokulturologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda paremiologik birliklarning semantik, strukturaviy va pragmatik jihatlari o‘rganilib, semantik oppozitsiya tushunchasi strukturalizm va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Ayniqsa, “hayot - mamot” oppozitsiyasi universal konseptual kategoriya sifatida chuqur tahlil qilinadi. Fransuz va o‘zbek paremiologiyasi qiyosiy asosda o‘rganilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi.
В данной статье рассматриваются возможности использования фитопрепаратов (лекарственных средств на основе растительного сырья) в хирургической стоматологии для профилактики осложнений и лечения воспалительных процессов после оперативных вмешательств. Анализируются основные группы растений, обладающих противовоспалительным, антимикробным, регенераторным и кровоостанавливающим действием: ромашка аптечная, шалфей, календула, тысячелистник, кора дуба, эхинацея, подорожник и алоэ. Приводятся данные клинических исследований, подтверждающих эффективность фитопрепаратов при лечении альвеолита, периостита, постэкстракционных ран, а также для ускорения эпителизации. Обсуждаются преимущества (доступность, низкая токсичность, отсутствие резистентности микроорганизмов) и ограничения (возможные аллергические реакции, необходимость стандартизации). Делается вывод, что фитопрепараты являются ценным дополнением к основному лечению в хирургической стоматологии, но не могут полностью заменить синтетические антибиотики при тяжёлых гнойных осложнениях.