ATROF - MUHITNI ASRASHNING MINTAQALARARO MASALALARI: OROL MUAMMOSI

Hozirgi kunda yer yuzidagi har bir davlatda atrof-muhitni himoya qilish, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu maqolada atrof-muhitni asrash masalalari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadigan Orol dengizi va uning qurishi sabablari hamda bundan kelib chiquvchi muammolarni bartaraf etishda olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritiladi.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANGʻICH SINFLARDA "TARBIYA" FANINI OʻQITISH JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNING O'RNI

Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda "Tarbiya" fanini oʻqitish jarayonida oʻzbek milliy qadriyatlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari keng yoritilgan. Maqolada milliy qadriyatlarning maʿnosi, tarbiyaviy ahamiyati, ularni oʻqituvchilarning dars jarayonida qoʻllash metodlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻquvchilarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun darslik va qoʻllanmalarni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar beradi.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
VALERIANA OFFICINALIS L. NING URUG’ UNUVCHANLIGI

Ushbu maqolda Valeriana officinalis L. o’simligining urug’ unuvchanligini aniqlashga qaratilgan. Turli haroratda unish muddatlari va unuvchanlik qobilayti aniqlangan. Tegishli xulsa va fikrlar keltirilib o’tilgan. Shuningdek maqolada o’simlikning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, dunyobo’ylab tarqalish areallari keltirilgan.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
ISAJON SULTONNING “MA’SUMA” ROMANIDA TARIXIY SHAXSLARNING BADIIY TALQINI

Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
ABDURAUF FITRAT VA MILLIY UYG’ONISH

Milliy uyg’onish — bu O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining koloniya tizimi ostidagi mustamlakachilik hukumatlariga qarshi milliy va ijtimoiy siyosiy uyg‘onish harakati edi. Abdurauf Fitrat ushbu harakatning faol ishtirokchisi bo‘lib, uning asarlari va siyosiy faoliyati orqali millatning ma'naviy va madaniy uyg‘onishiga katta hissa qo‘shdi. Milliy uyg‘onish bu biror millat yoki xalqning o‘zining tarixiy, madaniy, til va diniy merosini anglab etishi, o‘ziga xosligini qayta tiklashi va o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan intilishdir. Milliy uyg‘onish, asosan, o‘z xalqining madaniyati, tilini va qadriyatlarini qadrlash, yuksaltirish va saqlashga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga oladi.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor