Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik amaliyotning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda pedagogik mahoratini rivojlantirishda asosiy bosqich hisoblanadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida amaliyot jarayonini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi.
Mazkur maqolada Istiqlol davri oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman” hikoyasi tahlilga olindi. Ushbu hikoyada ramziy obrazlar orqali yetkazib berilgan bir hikoyada aslida “Jajman” deb nomlangan rasmiy obraz orqali aslida ijodkor “nafs” degan yomon illatni nazarda tutgandir? Maqolda shular tahlilga olinadi.
Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatida lirik qahramon nutqi gender yondashuv asosida tahlil qilindi. Erkak va ayol obrazlari nutqining tafovuti, xususan, ular qanday mavzularda farqli, qaysi mavzularda o‘xshash ekanligi, ulardagi o‘ziga xos poetik vositalar hamda ifoda usullari tahlil qilinishi natijasida Hamza lirikasida polifoniya-ko‘p ovozlilik hodisasi mavjudligi aniqlandi.