DISSIRKULYATOR ENSEFALOPATIYADA KUZATILADIGAN DEPRESSIV HOLATLARNING ERTA DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

12.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada dissirkulyator ensefalopatiya (DE) bilan kechuvchi bemorlarda kuzatiladigan depressiv holatlarning erta diagnostikasi va profilaktikasi masalalari yoritilgan. DE — miyaning surunkali qon ta’minoti yetishmovchiligi bilan bog‘liq neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, unda emotsional beqarorlik, apatiya, motivatsiya yo‘qolishi, ruhiy tushkunlik kabi depressiv simptomlar tez-tez uchraydi. Maqolada vaskulyar depressiya tushunchasi, uning patogenez asoslari, neyromediator tizimlaridagi disbalans hamda serebral mikrosirkulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Erta diagnostika uchun klinik-nevrologik baholash, psixometrik testlar (Beck, Hamilton, GDS), MRT/KT, Doppler ultratovush va laborator usullarni birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi. Profilaktika qismida qon bosimi, glyukoza va lipid darajasini me’yorda ushlab turish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, psixoterapiya va nootrop vositalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa sifatida, dissirkulyator ensefalopatiyada depressiv holatlarni erta aniqlash va kompleks profilaktika choralari bemorning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasallikning surunkalashuvini sekinlashtiradi degan ilmiy xulosa keltiriladi.

Keywords: dissirkulyator ensefalopatiya, depressiya, vaskulyar depressiya, diagnostika, profilaktika, neyropsixologiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor