Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning institutsional asoslari hamda ularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Global miqyosda islomiy moliya sektorining barqaror o‘sishi, xususan sukuk bozori hajmining kengayishi muqobil moliyalashtirish mexanizmlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Tadqiqotda islomiy moliyaning asosiy instrumentlari — sukuk, murabaha, ijara va musharaka — nazariy jihatdan yoritilib, O‘zbekiston moliya tizimida ularni joriy etish imkoniyatlari statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Shuningdek, normativ-huquqiy muhit, institutsional infratuzilma va kapital bozorining hozirgi holati tahlil qilinib, islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va istiqbollari asoslab berildi.
Ushbu maqolada zamonaviy travmatologiya va ortopediyada sun’iy intellekt (SI) hamda mashinali o‘qitish (Machine Learning) texnologiyalarini diagnostika jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritilgan. Rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi (KT) va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) tasvirlarini tahlil qilishda SI algoritmlarining o‘rni, suyak sinishlarini aniqlash tezligi va aniqligi sub’ektiv xatoliklarni kamaytirish nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, travmatologiyada SI tizimlarining klinisyenlar faoliyatidagi samaradorligi, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilingan.
Ushbu maqolada Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududida mahsulotlarni tez yetkazib berish xizmatini tashkil etishda geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot logistika faoliyatini takomillashtirish hamda transport oqimi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga qaratilgan. ArcGIS Pro dasturi yordamida yo‘l infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tahlil qilinib, optimal harakat yo‘nalishlari aniqlangan. Olingan natijalar ushbu yondashuvning amaliy samaradorligini ko‘rsatib, yetkazib berish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
This article examines the impact of digital technologies on the development of listening skills in English language learning. It highlights the role of digital tools such as educational applications, podcasts, multimedia resources, online platforms, and artificial intelligence in improving listening comprehension. The study discusses how technology enhances learner motivation, provides access to authentic materials, supports autonomous learning, and creates personalized learning opportunities. The article also addresses several challenges related to the use of technology in education. The findings indicate that digital technologies can significantly improve listening skills and contribute to more effective and engaging language learning when integrated appropriately into the teaching process.
The number of schoolchildren earning certification from the International English Language Testing System (IELTS) has dramatically increased in recent years. With an emphasis on academic preparedness, admission prospects, and competition, this study investigates the effects of early IELTS certification on college applicants. The study emphasizes this trend's benefits and drawbacks. IELTS certification increases students' global competitiveness and language skills, but it also increases academic pressure and application rivalry. The study comes to the conclusion that in order to optimize the advantages of early certification, a balanced educational strategy is required.