Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.
Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni, xususan harbiy sohada tahsil olayotgan kursantlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sadoqatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtai nazardan sport turlari orqali kursantlarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va mustahkamlash muhim omil hisoblanadi. Sportning vatan tuyg'usini rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.
Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.