O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGINING OQIBATLARI VA FOYDALARI

Ushbu maqolada: O’zbekistonning JSTga qo’shilish bosqidchi, qonunchilikning JST mezonlariga moslashtirilishi, O’zbekistonning JSTdagi maqomi, O’zbekiston iqsodiyoti uchun foydalari va zararli oqibatlari borasida so’z boradi.


16.06.2025 Volume Issue View more Download
SPORTCHI TALABALARNING MAHORATINI OSHIRISHDA IJTIMOIY VA TABIIY-ILMIY FANLARNI QO’LLASH BORASIDA ILMIY TADQIQOTLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada, Ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar sportni rivojlantirishga yangi yondashuvlarni taklif etadi.Sportchi talabalarning sport mahoratini oshirish nafaqat ularning jismoniy tayyorgarligini, balki psixologik va ijtimoiy holatini yaxshilashni ham o'z ichiga oladi. Ushbu jarayonda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar o'rtasidagi integratsiya sportchilarning o'sishini ta'minlashda katta rol o'ynaydi.Bu ilmiy tadqiqotda, sportchilarning mahoratini oshirishda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlarning ahamiyati va bu fanlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari muhokama qilinadi.


16.06.2025 Volume Issue View more Download
SUN YAT SENNING SIYOSIY FAOLIYATIGA BIR NAZAR

Ushbu maqolada xitoylik siyosatchi va faylasuf Sun Yat Senning Xitoy tarixiga ko‘rsatgan ta’siri, Xitoy millatini birlashtirish, chet el bosqinlaridan ozod qilish va milliy mustaqillikni ta’minlashda olib borgan siyosati haqida so‘z yuritiladi.


16.06.2025 Volume Issue View more Download
YASHIL MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI VA ULARNING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishiga moslashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yangi moliyaviy vositalarni joriy etmoqda. Maqolada yashil obligatsiyalar, subsidiyalangan kreditlar, xalqaro grantlar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali iqtisodiyotni "yashillashtirish" imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish loyihalari, ularning yalpi ichki mahsulotga, bandlik darajasiga va investitsiya muhiti sifatiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, mavjud institutsional muammolar va istiqbolli yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


16.06.2025 Volume Issue View more Download
ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ КОГНИТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ (НА ПРИМЕРЕ 5 КЛАССА)

В данной статье рассматривается вопрос формирования когнитивной компетенции у учащихся в процессе обучения родному языку, а именно – принципы и технологии формирования когнитивной компетенции. При обсуждении принципов формирования когнитивной компетенции особое внимание уделяется коммуникативному подходу, компетентностному подходу, а также лингвистическим, психолингвистическим и методическим принципам коммуникативно-когнитивных методов, занимающих важное место в национальной и мировой методиках, на основе которых проведен анализ и дана оценка научным исследованиям. Дана рекомендация по подготовительному этапу формирования когнитивной компетенции учащихся с использованием таких типов упражнений, как имитационные, трансформационные и коммуникативные.


16.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor