Mazkur maqolada 1868–1917 yillar oralig‘ida Samarqand viloyatida yuz bergan madaniy jarayonlar tahlil qilinadi. Rus imperiyasi tarkibiga qo‘shilishdan so‘ng hududda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, yangi ta’lim tizimi, matbuot, teatr va boshqa madaniy institutlarning shakllanishi va ularning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri yoritilgan.
Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib boriladi.
Mazkur maqolada yengil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo‘nalishida sportchilarning tezkorlik sifatini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqot jarayonida 1500 m va 3000 m masofalarga yuguruvchi yosh sportchilar ishtirokida tajribaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning tezkorlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Tezkorlikni oshirishda yuqori intensivlikdagi interval mashg‘ulotlar, plyometrik usullar va video-tahlil texnologiyalarining samaradorligi amaliy jihatdan asoslab berildi. Tahlillar asosida yosh sportchilar uchun samarali mashg‘ulot dasturi ishlab chiqildi va ilmiy jadvallar orqali ko‘rsatkichlar taqqoslandi.