Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari mazmun-mohiyati, roʻza ibodati masalalari bayon etiladi. Asarda roʻzaning ahamiyati, uning diniy va maʼnaviy maqsadlari, shuningdek, roʻza sababli inson nafsini tiyish va taqvoni oshirish kabi jihatlar yoritilgan.
Ushbu maqolaning maqsadi raqamli valyutalarning mohiyati, ularning rivojlanish tarixi va an’anaviy moliya tizimiga ta’sirini o‘rganishdir. Shuningdek, raqamli valyutalarning afzalliklari va muammolari, ularning kelajak istiqbollari hamda tartibga solish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Ular moliyaviy innovatsiyalarni rag‘batlantirsada, tartibga solish va xavfsizlik masalalari tufayli to‘liq qabul qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda. Raqamli valyutalar zamonaviy moliya tizimida muhim o‘rin egallab, moliyaviy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda odamlarning kunlik hayotida muhim o‘rin egallagan. Ayniqsa, bolalar va kattalar uchun ular turli xil vazifalarni bajarishga, yangi ma'lumotlarni olishga, hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkon yaratadi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning bolalar va kattalar hayotiga ta'siri, ularning o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarmoqdagi o‘zaro aloqalar va ular orqali shakllanadigan muloqot usullari keltirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlari, shuningdek, ularning jamiyatdagi o‘rni va bolalar va kattalarga ta'siri haqida fikr yuritiladi.
Pedagogika ilmi insoniyat madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, bolalar va yoshlar tarbiyasi, ta’lim va tarbiya jarayonlarini o‘rganadi. Ushbu sohaning rivojlanishida nafaqat g‘arb, balki sharq allomalari ham katta hissa qo‘shgan. Ularning ta’lim va tarbiya haqidagi g‘oyalari bugungi zamonaviy pedagogikaning poydevorini tashkil etadi. Ushbu maqolada pedagogika fanining shakllknishi tarixi va zamonaviy ta’lim tizimida sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari hamda ma’naviy merosining o‘rni beqiesligi, ajdodlar g‘oyasini takomillashtirish evaziga ta’limni yuksak bosqichga ko‘tarish haqida fikrlar bayon etilgan.
Ushbu maqolada muallif 11-12 yoshdagi voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifat (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik)larni rivojlantirish usullarini, tezlik-kuchlilik sifatlariga mansub bo‘lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish yo‘llarini, hayotiy zarur harakat malakalarini (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.) shakllantirish o‘yinlar va metodlar ishlab chiqqan.