PSIXOLOG TRENERNING KASBIY KO’NIKMALARI VA PSIXOLOGIK SALOHIYATINI OSHIRUVCHI AMALIY TRENINGLAR

Ushbu tadqiqotda psixolog trenerlarning psixologik salohiyatini oshirish va kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish davomida psixologik treninglarni tashkillashtirishdagi vazifalari haqida ma’lumotlar beriladi. Psixolog trener o’z navbatida treninglarni amaliy boshqaruvchisi sifatida qaraganimizda, trening mohiyati va maqsadini hisobga olgan holda psixologik tadqiqotlarga asoslangan metodologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki psixologik bilimlar, psixologik tadqiqotlar asosida tashkillashtirilgan treninglar davomida biz samarali natijalarga erishishimiz mumkin bo’ladi. Psixolog trener kasbiy ko’nikmalarini oshirish davomida psixologik bilimlarini mustahkamlab boorish maqsadga muvofiq. Ushbu tadqiqot psixolog trenerning faoliyati va tajribalari davomida kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun xizmat qiladi.


14.04.2025 Volume Issue View more Download
МАКЕДОН КЎПРИГИ ТАРИХИ

Ушбу мақолада Македон кўприги ва кўприк билан боғлиқ бўлган тарих ҳамда илмий ва қизиқарли маълумотлар берилган.


14.04.2025 Volume Issue View more Download
QIZAMIQ KASALLIGI

Ushbu maqolada ko’p insonlarda uchrab kelayotgan qizamiq kasalli, uning etimologiyasi, kasallik klinikasi, yuqush yo’llari, uning alomatlari va davolash usullari haqida ma’lumotlar keltirib o’tildi.


14.04.2025 Volume Issue View more Download
“FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI – JAMIYAT BARQARORLIGI VA TARAQQIYOTI NING KAFOLATI"

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari yoritilgan. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik burchlari jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining asosiy omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada har bir fuqaroning Konstitutsiyaga rioya etish, davlatni himoya qilish, soliq to‘lash, tarixiy va madaniy merosni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi burchlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgan. Burchlarning bajarilishi mamlakatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


14.04.2025 Volume Issue View more Download
BANKLARNING INVESTITSION FAOLIYATI BO‘YICHA HISOBOTLARI HAMDA UNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI

Ushbu maqolada banklarning investitsion faoliyati bo‘yicha hisobotlarining iqtisodiy tahlilidagi ahamiyati va ular orqali olinadigan ma’lumotlarning qiymati, shuningdek, investitsion bank hisobotlarining ijobiy va salbiy tomonlari batafsil tahlil qilinadi. Hisobotlar iqtisodiy tahlil, investitsion jarayonlar va moliyaviy qarorlar uchun zaruriy asoslardir, ular bank sektorini shaffoflashtirish, iqtisodiy xatarlarni aniqlash, va investitsiya muhiti bo‘yicha aniq tavsiyalar berishda yordam beradi. Biroq, investitsion bank hisobotlarining ba’zi salbiy tomonlari, masalan, noaniqliklar, cheklangan ma’lumotlar va noto‘g‘ri tahlil usullarining qo‘llanilishi kabi masalalar ham mavjud. O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion bank hisobotlarining ahamiyati kundan-kunga ortib borayotgani inobatga olinib, ushbu maqolada bank sektori va investitsiyalarni rivojlantirishga oid tavsiyalar ham taqdim etiladi.


14.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor