Ushbu maqolada shaxs rivojlanishining asosiy psixologik bosqichlari, har bir bosqichda yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar, shuningdek, mashhur psixologlar – E. Erikson, J. Piajening nazariyalari asosida yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqola talabalarga va pedagogik amaliyotdagi mutaxassislarga shaxsni yaxlit tushunish uchun foydalidir.
Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan. Maqolada mazkur sindromning asosan 3–13 yoshli sog‘lom rivojlanayotgan bolalarda uchrashi, odatda tungi tutqanoqlar bilan namoyon bo‘lishi, shuningdek EEGda centrotemporal zonalarda “spike-and-wave” to‘lqinlar aniqlanishi kabi mezonlar muhokama qilingan. Rolandik epilepsiya ko‘pincha o‘z-o‘zidan remissiyaga uchrashi bilan ijobiy prognozga ega bo‘lsa-da, ayrim bemorlarda e’tibor yetishmovchiligi, nutq muammolari va psixologik noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, maqolada zamonaviy davolash yondashuvlari, individual terapiya rejalari va psixopedagogik qo‘llab-quvvatlash zarurati haqida so‘z boradi. Ushbu tadqiqot rolandik epilepsiyaning erta aniqlanishi va kompleks yondashuv asosida samarali boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu maqolada 2023-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi mazmuni, uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillar bilan uyg’unlashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimga ta’siri, davlatning fuqarolarga nisbatan ma’suliyatini oshirish va inson huquqlarini kafolatlash borasidagi yangi normalar havola etilgan. Yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tizimi, sud hokimiyati mustaqilligiga qaratilgan o’zgarishlar o’rganilgan.
This article provides information on lexical-statistical methods of text analysis. The methods of psychological examination of the text are taught. This analysis provides valuable information about the content, tone, and meaning of the text, as well as the language and style of writing. Statistical analysis is a universal method, as it is used equally in all layers of the language. Lexical-statistical analysis helps to study the lexical and grammatical forms of the text. In this method, the appearance indicators of each word in the text, that is, the information, meanings, and concepts related to them, are analyzed.