Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida "Teatr san'ati" mavzusini o‘qitish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Dars jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, nutq va sahna madaniyatini shakllantirishda zamonaviy interaktiv uslublar ile pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada rolli o‘yinlar, sahnalashtirish va "klaster" kabi interaktiv metodlarni dars bosqichlariga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Mazkur maqolada vasiyatnomani bekor qilish va o‘zgartirishning fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda vasiyatnoma institutining huquqiy mohiyati, vasiyat erkinligi prinsipi, vasiyatnomani bekor qilish asoslari va unga o‘zgartirish kiritish tartibi yoritilgan. Shuningdek, sud amaliyotida uchraydigan muammolar, notarial faoliyatdagi ayrim kamchiliklar hamda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Maqola davomida elektron vasiyatnoma va raqamli notarial tizimlarning zamonaviy meros huquqidagi o‘rni tahlil qilinib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada qoraqalpoq baxshichilik san’atining yoshlar estetik tarbiyasidagi ahamiyati, uning milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, baxshichilik san’atining yosh avlod ma’naviy dunyoqarashini boyitishdagi tarbiyaviy xususiyatlari yoritilgan.
Og‘iz bo‘shlig‘i o‘smalarini olib tashlashdan keyingi rekonstruktiv jarrohlik va dental protezlash bemorning hayot sifatini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy biomateriallar, CAD/CAM va 3D printer texnologiyalari yordamida estetik ko‘rinish, chaynash, nutq va yutish funksiyalari qayta tiklanadi. Tadqiqot klinik kuzatuvlar, radiologik tekshiruvlar va biomexanik tahlillar asosida olib borildi.
This article presents a comprehensive scientific analysis of the role and significance of digital strategies and innovation management in enhancing enterprise efficiency. Innovation management supports the development and implementation of new ideas, thereby increasing overall enterprise productivity.