BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MUSIQA TA’LIMINING AHAMIYATI VA O‘QUVCHILARNING MA’NAVIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Musiqa ta’limi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada musiqa ta’limining bolalar rivojlanishiga, ayniqsa ularning kognitiv, hissiy, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalariga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil so‘z yuritiladi. Musiqa o‘qitishning nafaqat musiqiy bilimlarni, balki o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, estetik rivojlanishida, intellektual va hissiy intellektlarini yaxshilashda qanday ahamiyatga ega ekani tahlil etiladi. Maqolada musiqa ta’limining pedagogik usullaridan foydalanish hamda uning ta’sirini yanada kuchaytirish yo‘llari haqida so‘z boradi.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada tijorat banklarining samarali faoliyat yuritishida inson resurslarini boshqarish tizimi qanday strategik ahamiyat kasb etishi chuqur tahlil qilinadi. Bugungi raqobatbardosh moliyaviy muhitda banklarning muvaffaqiyati nafaqat texnologik infratuzilmasi yoki kapital hajmi bilan, balki malakali va motivatsiyalangan xodimlar salohiyati bilan ham belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, inson resurslarini boshqarish (IRB) tizimining zamonaviy tendensiyalarga moslashuvi, xodimlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarning joriy etilishi, raqamli transformatsiyaga tayyorlik darajasi, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarning o‘zlashtirilishi muhim omillar sifatida qaralmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarida mavjud IRB tizimining holati, xodimlar almashuvining yuqori darajasi, yetakchilik salohiyatining yetarlicha rivojlanmagani, ichki tayyorlov va o‘qitish tizimlarining samaradorligi past ekani aniqlangan. Maqolada shuningdek, kompetensiyalarga asoslangan boshqaruv, KPI va CRM texnologiyalarining IRB jarayonlariga integratsiyasi, shuningdek, mentorlik va karyera rivojlanishi dasturlarining ahamiyati ham alohida yoritilgan.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
GANDOLCHILARDA MUSOBAQAVIY STRESSNI YENGISH VA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Gandbolchilar o‘yin davomida nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikka ham tayanuvchi sportchilardir. Musobaqa paytidagi stress holatlari sportchining qaror qabul qilish qobiliyatiga, diqqatiga va harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda stressning asosiy manbalari — jamoaviy bosim, kutishlar, individual mas’uliyat — tahlil qilinib, musobaqaviy stressning sportchilarga ta’siri ikki yo‘nalishda: salbiy va ijobiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Diqqatni jamlash, vizualizatsiya, ijobiy fikrlash, o‘zini anglash hamda ruhiy boshqaruv texnikalari stressni kamaytirishga va sportchi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar sifatida tavsiya etiladi.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
OILADA BOLANING BO`SH VAQTINI TASHKIL ETISH MAZMUNI

Maqolada oyla tarbiyasi mazmuni, vazifalari, bo'sh vaqtning rolini oshirish oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish, uning a'zolari orasida majburiyatlarni oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirish, shuningdek oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutishi haqida sóz etiladi.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
НОВАЦИИ И ИННОВАЦИИ — НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ СОВРЕМЕННЫХ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ В РАЗВИТИИ ЗДОРОВЬЕСБЕРЕГАЮЩЕЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У ДЕТЕЙ СТАРШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Статья посвящена актуальной проблеме формирования здоровьесберегающей компетентности у детей старшего дошкольного возраста. Рассматриваются новации и инновации как элементы в модернизации образовательного процесса. Подчёркивается роль педагога как исследователя и проводника нововведений в образовательной среде.


07.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor