YOSHLAR TADBIRKORLIGI: IQTISODIY SAMARADORLIK VA EKOLOGIK XAVSIZLIK UYG‘UNLIGI

Ushbu maqolada yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalari, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga joriy etishdagi faoliyati hamda ekologik barqaror ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqolada ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning zamonaviy mexanizmlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASINING SHAXS PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI

Ushbu maqolada pedagogika tarixi va nazariyasining shaxs psixologiyasi rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siri, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni tahlil qilingan. Shaxsning shakllanishida pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy yondashuvlarning psixologik mexanizmlarga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
O’ZBEK XALQINING URF ODATLARI, BAYRAM VA MAROSIMLARDA QADRIYATLAR TASNIFI

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining nikoh to‘yi, chaqaloq tug‘ilishi, sunnat to‘yi, Navro‘z va Qurbon hayiti kabi qadimiy marosimlari hamda bayramlari tahlil qilingan. Maqolada bu urf-odatlarning xalq hayotidagi o‘rni, ularning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritilgan. Har bir marosimning o‘ziga xos jihatlari orqali o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik, saxovat, hamjihatlik, ehtirom va mehr-oqibat kabi fazilatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrash va yosh avlod ongiga singdirish muhimligi alohida ta’kidlangan.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
MAKTAB O‘QUVCHILARINING MEHNAT VA DAM OLISH TARTIBI GIGIYENASI

Maktab o‘quvchilarining mehnat va dam olish tartibi gigiyenasi sog‘lom rivojlanish va o‘qish samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual holatini mustahkamlaydi, charchashning oldini oladi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. O‘qish, dam olish, ovqatlanish va uyqu vaqtlarining gigiyenik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Noto‘g‘ri tartib esa diqqatning susayishi, charchoq va salomatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli o‘quvchilarning mehnat va dam olish jarayonlarini gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish tarbiyaviy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biridir.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH ASOSLARI

Ushbu maqolada mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari, tartib-qoidalari hamda mehnat qonunchiligida belgilangan me'yorlar chuqur tahlil qilinadi.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor