Ushbu maqolada o‘zbek xalqining nikoh to‘yi, chaqaloq tug‘ilishi, sunnat to‘yi, Navro‘z va Qurbon hayiti kabi qadimiy marosimlari hamda bayramlari tahlil qilingan. Maqolada bu urf-odatlarning xalq hayotidagi o‘rni, ularning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritilgan. Har bir marosimning o‘ziga xos jihatlari orqali o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik, saxovat, hamjihatlik, ehtirom va mehr-oqibat kabi fazilatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrash va yosh avlod ongiga singdirish muhimligi alohida ta’kidlangan.
Умумий ва Махсус қисмлар жиноят қонунининг жуфт таркибий компонентларидир. Умумий ва Махсус қисмларнинг ўзаро муносабатини мақолада фалсафий, ижтимоий-ҳуқуқий ва юридик-техник маъноларда тадқиқ этилаётган нисбат сифатида кўриб чиқиш мақсадга мувофиқдир. Фалсафий маънода бу қисмлар "умумийлик ва хусусийлик" нисбати диалектикаси бўйича бир-бири билан узвий боғлиқдир.
Maktab o‘quvchilarining mehnat va dam olish tartibi gigiyenasi sog‘lom rivojlanish va o‘qish samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual holatini mustahkamlaydi, charchashning oldini oladi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. O‘qish, dam olish, ovqatlanish va uyqu vaqtlarining gigiyenik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Noto‘g‘ri tartib esa diqqatning susayishi, charchoq va salomatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli o‘quvchilarning mehnat va dam olish jarayonlarini gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish tarbiyaviy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biridir.