TIJORAT BANKLARIDA STRATEGIK REJALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH (ATB AGROBANK MISOLIDA)

Ushbu maqolada tijorat banklarida strategik rejalashtirish jarayonining nazariy asoslari, uning bank faoliyatidagi ahamiyati va samarali boshqaruvdagi o‘rni tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish bosqichlari — tashqi va ichki muhit tahlili, missiya va vizionni aniqlash, strategik maqsadlarni belgilash, resurslarni taqsimlash hamda monitoring mexanizmlari keng yoritiladi. Xalqaro ilg‘or tajribalar, jumladan, Balanced Scorecard, riskga asoslangan rejalashtirish va raqamli transformatsiya yondashuvlari O‘zbekiston tijorat banklari sharoitida qo‘llash imkoniyatlari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, strategik rejalashtirishni takomillashtirish banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligi isbotlandi.


09.08.2025 Volume Issue View more Download
RECRUITMENT AS A PROJECT: MANAGING PERSONNEL SELECTION PROCESSES IN INTERNATIONAL AND LOCAL COMPANIES

This article analyzes the theoretical and practical aspects of the project-based recruitment process at the international and local levels using the example of a group of companies. As an international company, one of the leading financial institutions in Europe — OTP Group, and as a local company, its subsidiary bank in Uzbekistan — “Ipotekabank” OTP Group is selected. The study studies international experiences of project-based recruitment, assessment and selection stages, competency maps and technological solutions, and compares them with local practice. In the international OTP Group experience, recruitment strategies based on project management methodologies such as PMBOK, Agile and PRINCE2, remote candidate assessment systems, KPI-based contracting and rapid onboarding mechanisms are used. In the practice of “Ipotekabank” OTP Group, the gradual adaptation of international standards, assessment criteria adapted to the local labor market, harmonization of offline and online interviews, and adaptation to the bank's corporate culture are analyzed. According to the results of the study, practical recommendations will be developed to improve the efficiency of project-based recruitment, accelerate the selection of qualified personnel, and strengthen the competitiveness of the bank by adapting international experience to local conditions.


09.08.2025 Volume Issue View more Download
BANK FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BANK XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish sharoitida bank xizmatlari sifatini oshirishning zamonaviy yo‘nalishlari va mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bank xizmatlarining tezligi, qulayligi, ishonchliligi va shaffofligi oshayotganligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda mijozlar ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar, masofaviy bank operatsiyalari, sun’iy intellekt asosidagi xizmat ko‘rsatish tizimlari va mobil bank ilovalari orqali xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. “O‘zmilliybank” AJ misolida raqamlashtirish jarayonlarining amaliy natijalari qisqacha ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bank tomonidan joriy etilgan mobil ilovalar, onlayn xizmatlar va mijozlar uchun yaratilgan raqamli qulayliklar xizmatlar sifati oshishida qanday rol o‘ynayotgani ko‘rsatib berilgan. Maqolada raqamli xizmatlarni kengaytirish orqali mijozlar bilan aloqani soddalashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va bankning raqobatbardoshligini oshirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.


09.08.2025 Volume Issue View more Download
SOYA NAVLARINING BUXORO SHAROITIDAGI O’SISH KO’RSATKICHLARI

Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi. Bu maqolada soyaning qisqacha tavsifi, o’sish sharoitlari va aynan Buxoro sharoitida tanlangan soya navlari o’sishidagi dastlabki feneologik ko’rsatkichlar o’rin olgan.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARIDA ISLOM MOLIYASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida Islom moliyasi xizmatlarini joriy etish va ularni rivojlantirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Islom moliyasi shariat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, foizsiz moliyalashtirish, halol investitsiya va tenglikka asoslangan sheriklik munosabatlarini ilgari suradi. Maqolada ushbu xizmatlarning asosiy turlari – murabaha, mudaraba, musharaka, ijara va sukuk instrumentlari keng o‘rganilib, ularning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyalashuvi amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida mamlakatda mavjud normativ-huquqiy baza, infratuzilmaviy imkoniyatlar va moliyaviy savodxonlik darajasi chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda Islom moliyasiga oid xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, tartibga soluvchi mexanizmlar va xalqaro tajribalar asosida ilg‘or takliflar ishlab chiqilgan. Muallif Islom moliyasining iqtisodiy inklyuzivlik, moliyaviy xavfsizlik va halollik tamoyillariga asoslangan holda milliy moliya tizimini diversifikatsiyalashdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.


07.08.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor