Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada AUTOPLAY dasturi yordamida interaktiv elektron o‘quv materiallarini yaratishning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalari yoritilgan. Qo‘llanmada dastur interfeysi, multimediya elementlarini integratsiya qilish, sahifalar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish yaratish, testlar va ta’limiy topshiriqlarni joylashtirish kabi jarayonlar bosqichma-bosqich ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, AUTOPLAY orqali yaratilgan elektron resurslardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning metodik yondashuvlari ham tahlil qilinadi. Qo‘llanma o‘qituvchilar, talabalari, pedagogika yo‘nalishi tadqiqotchilari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga qiziqqan barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu ishda raqamli diagnostika jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli diagnostika turli datchiklar, tibbiy tasvirlar va raqamli o‘lchovlar orqali olingan ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlashga asoslanadi. Sun’iy intellekt esa ushbu ma’lumotlarni chuqur tahlil qilib, kasalliklarni erta aniqlash, xatoliklarni kamaytirish hamda aniq prognozlar berishga yordam beradi. Tadqiqotda AI algoritmlarining ustunliklari, amaliy qo‘llanish sohasi va diagnostik jarayonlarni optimallashtirishdagi roli yoritilgan.