Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida talabalarning kreativ tafakkurini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Bugungi kunda taʼlim jarayoniga raqamli vositalarning keng joriy etilishi talabalarda mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, yangi gʻoyalarni ilgari surish va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada raqamli taʼlim platformalari, sunʼiy intellekt asosidagi dasturlar, virtual haqiqat va boshqa interaktiv texnologiyalarning kreativ tafakkurga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talabalarning innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bunga iqlim o‘zgaruvchanligining kuchayishi, suvga bo‘lgan talabning ortishi hamda transchegaraviy daryolarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada mintaqadagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish murakkabligi, milliy manfaatlar bilan mintaqaviy hamkorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida o‘rganiladi.
Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.
Ushbu maqolada inson tanasining eng katta organi — terining gistologik tuzilishi, uning asosiy qatlamlari (epidermis, dermis, gipodermis) va har bir qatlamning morfologik hamda funksional xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayniqsa, terining himoya funksiyasi: fizik, mikrobiologik, immunologik va mexanik jihatlari chuqur yoritilgan. Maqola teri tuzilmasining mikroskopik ko‘rinishlari, ularning hujayraviy tarkibi va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot gistologiya fani doirasida terining ko‘p funksiyali va ixtisoslashgan tuzilma ekanini ochib beradi hamda klinik amaliyotda uni to‘g‘ri baholash zarurligini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqobatbardoshlikni ta’minlash, samaradorlikni oshirish va strategik maqsadlarga erishishda zamonaviy texnologiyalar muhim vosita sifatida qaralmoqda. Maqolada boshqaruv faoliyatiga raqamli platformalar, sun’iy intellekt asosidagi tizimlar, elektron hujjat aylanishi, masofaviy monitoring va tahlil dasturlarini joriy etishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida milliy sharoitga mos innovatsion boshqaruv modellarini yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot asosida innovatsion texnologiyalarni ta’lim menejmentiga integratsiya qilish orqali samarali, shaffof va tezkor boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.