FANLAR INTEGRATSIYASI VOSITASIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada fanlar integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim jarayonida fanlararo integratsiya yondashuvi o‘qituvchilardan keng bilim doirasi, tizimli fikrlash va innovatsion metodlardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada fanlar integratsiyasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va afzalliklari tahlil qilinadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda integrativ yondashuvning ahamiyati, metodik imkoniyatlari va samarali amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada fanlar integratsiyasi vositasida o‘qituvchilarda pedagogik, metodik, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirishning amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari integratsion yondashuv orqali zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
QON AYLANISH MUAMMOLARI. ARTERIAL BOSIM

Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH: BARQAROR TARAQQIYOTNING RIVOJLANISH KALITI

O’quvchilarda kasbiy ongni shakllantirish, mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorikni ta’minlashda kasb-hunarga yo’naltirishning ahamiyati yoritilib beriladi. Bu maqola o’quvchilar bilan kasb-hunarga yo’naltirishning yangi shakllari, usullari va vositalarini samarali tashkil etish yo’llari haqida ma’lumot beradi. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyati va jamiyatda barqaror taraqqiyotga erishishlariga ko’maklashishdir.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
G’ARBGA HUJUM QILGAN TEMURIYLAR

Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari – Shohrux Mirzo hamda Sulton Abusaid Mirzoning G‘arbiy hududlarga, xususan Ozarbayjon, Eron va Iroq tomonlaridagi yurishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Harbiy yurishlarning asosiy sabablari, yurish jarayonidagi siyosiy voqealar, hududlar o‘zgarishi, hukmdorlar o‘rtasidagi kurashlar va ularning natijalari tahlil qilingan. Temuriylarning Ozarbayjon ustidan olib borgan siyosati va harbiy strategiyasi tarixiy bosqichlar asosida bayon etilgan.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
SAB`AYI SAYYOR ASARIDA PSIXOLOGIZM UNSURLARI

Ushbu maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Sab’ayi Sayyor” dostoni asosida psixologik ifoda vositalari tahlil qilinadi. Unda asardagi qahramonlarning ichki kechinmalari, aqliy va hissiy kurashlari, tafakkurdagi o‘zgarishlar badiiy tasvir usullari orqali yoritilgan. Navoiy o‘zining yuqori badiiy mahorati bilan inson qalbidagi murakkab ruhiy jarayonlarni obrazlar vositasida aks ettirishga erishgan.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor