O‘SMIR KIBOKSCHILARNI MUSOBAQAOLDI TAYORGARLIGIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH

Mazkur maqolada o‘smir kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni tahlil qilinadi.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan. Bundan tashqari ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanilib namunalar tahlil qilingan.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
BANK KREDITLARI VOSITASIDA KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank kreditlarining roli va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash hajmi ortib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonda garov ta’minotining yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, kredit risklarini baholash tizimining takomillashmaganligi kabi muammolar mavjud. Tadqiqotda ushbu muammolarning sabablari aniqlanib, kredit siyosatini liberallashtirish, davlat kafolat fondlarini kengaytirish, imtiyozli kredit liniyalarini joriy etish va raqamli kreditlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola natijalari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank-moliya tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarni mustahkamlaydi.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
KIKBOKSCHI QIZLARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYОRGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada yosh kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy jismoniy tayorgarliklarini takomillashtirish bo‘yicha xar-xil mashg'ulot yuklamalarini, vosita va uslublarini ishlab chiqishga yonaltirilgan tadqiqot yoritilgan.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQNING RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining bosqichlari, psixologik va fiziologik asoslari, shuningdek, ijtimoiy hamda pedagogik omillarining ahamiyati yoritilgan. Bolaning nutqini shakllantirishda oilaning, maktabgacha ta’lim muassasasining va tarbiyachining o‘rni tahlil qilingan. Maqolada bolalar nutqini rivojlantirishda o‘yin faoliyatining o‘rni, nutq mashqlari, badiiy asarlar va multimediya vositalaridan foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.


30.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor