Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank kreditlarining roli va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash hajmi ortib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonda garov ta’minotining yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, kredit risklarini baholash tizimining takomillashmaganligi kabi muammolar mavjud. Tadqiqotda ushbu muammolarning sabablari aniqlanib, kredit siyosatini liberallashtirish, davlat kafolat fondlarini kengaytirish, imtiyozli kredit liniyalarini joriy etish va raqamli kreditlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola natijalari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank-moliya tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarni mustahkamlaydi.
Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Maqolada Kushonlar davrida shakllangan harbiy va siyosiy ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi.
Mazkur maqolada O’zbekiston ekologiyasida SSSR davrida paydo bo'lgan eng katta muammolardan biri Orol dengizi fojiasini bartaraf etishda Mustaqillik yillaridan boshlab ko’rilgan chora tadbirlar haqida so’z etiladi. Bunda asosan suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik chora-taqbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va boshqalar haqida malumot beriladi.