“GO’RO’G’LINING TUG’ILISHI” DOSTONIDA MUBOLAG’A SAN’ATI

Ushbu maqola “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida mubolag’a san’atining qo’llanishi haqida.


19.07.2025 Volume Issue View more Download
KASBIY FAOLIYAT VA SHAXSNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada kasbiy faoliyat va shaxsning o‘zaro bog‘liqligi masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy faoliyat inson hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki shaxsning o‘zini anglash, rivojlanish va ijtimoiy o‘rnini topish jarayoniga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritib berilgan. Shaxsning psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va qadriyatlari uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasb tanlash, kasbiy moslik va kasbiy o‘zini o‘zi anglash jarayonlarining shaxs rivojiga ta’siri, shuningdek, kasbiy faoliyatning shaxsda ijtimoiy mas’uliyat, motivatsiya va ijobiy xulq-atvor shakllanishiga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kasbiy tarbiya va kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etishda foydali bo‘lishi mumkin.


18.07.2025 Volume Issue View more Download
МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ ТОМОНИДАН ЖИНОЯТЛАР СОДИР ЭТИЛИШИ ВА ОЛДИНИ ОЛИШНИНГ АМАЛИЁТИ ТАҲЛИЛИ

Мақолада мактаб ўқувчилари ўртасида жиноятчилик муаммоси ва унинг олдини олиш масалалари назарий ва амалий жиҳатдан умумий тарзда ёритилган. Ёшлар орасидаги ҳуқуқбузарликларнинг келиб чиқиш сабаблари, уларнинг ижтимоий-психологик асослари ҳамда профилактиканинг умумий йўналишлари ҳақида фикр юритилган. Муаллиф жиноятчиликнинг барвақт олдини олиш, таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш, оила ва жамият ўртасидаги ҳамкорликни кучайтиришнинг аҳамиятини таъкидлайди. Шу билан бирга, ёш авлоднинг ҳуқуқий онгини ошириш, уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш ва ижтимоий фойдали фаолиятга йўналтириш масалаларига эътибор қаратилган. Мақолада ёшлар билан ишлашда ижтимоий, психологик ва педагогик чораларни уйғунлаштириш, давлат ва жамоатчиликнинг профилактика жараёнидаги ўрнининг муҳимлиги умумий тарзда кўрсатилган.


18.07.2025 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELIDAGI MUAMMOLI KREDITLARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit portfelida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlar (NPL — Non-Performing Loans) muammosi tahlil qilinadi. Muallif ushbu kreditlarning paydo bo‘lishiga olib keluvchi asosiy omillarni ochib beradi, xususan, kreditlashdagi baholash xatolari, mijozlarning moliyaviy intizomi pastligi, bozor tavakkalchiligi va iqtisodiy beqarorlik holatlari muhokama etiladi. Shuningdek, muammoli kreditlar banklar rentabelligi va likvidligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bois, ularni kamaytirishga qaratilgan strategik choralar — ilg‘or kredit skoring tizimlari, kredit portfelini diversifikatsiyalash, monitoringni kuchaytirish va kreditlarning qayta restrukturizatsiyasi kabi mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston bank tizimi misolida milliy va xalqaro yondashuvlar solishtirilib, maqolada muammoli kreditlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.


17.07.2025 Volume Issue View more Download
DIABETIK RETINOPATIYA: KECHISH MEXANIZM, PROFILAKTIKASI

Mazkur maqolada qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan diabetik retinopatiya kasalligi, uning rivojlanish bosqichlari va patogenetik mexanizmlari keng yoritilgan. Ayniqsa, ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, diagnostika va kasallikning oldini olish uchun zarur bo‘lgan profilaktik choralar muhim tibbiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining diabetik retinopatiya xavfini kamaytirishdagi o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi.


17.07.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor