21.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Ushbu tadqiqotda tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning atrof-muhit hamda bioxilmaxillikka ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini oldini olishning ilmiy-amaliy komponentlari tahlil qilingan. Ishda ekologik monitoring, GIS-modellashtirish va biotexnologik usullardan foydalanilib, favqulodda vaziyatlarning biosferaga zararini kamaytirishning to‘rtta asosiy komponenti belgilandi: raqamli erta xabar berish monitoringi, muhandislik-ekologik muhofaza, ekotizimlarni biotexnologik tiklash hamda me’yoriy-huquqiy boshqaruv. Xulosa sifatida ushbu komponentlarni uzviy joriy etish orqali bioxilmaxillik va ekologik barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatlari asoslab berilgan.
Keywords: Tabiiy favqulodda vaziyatlar, texnogen favqulodda vaziyatlar, ekologik favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit, bioxilmaxillik, oldini olish komponentlari, GIS-monitoring, ekotizim barqarorligi.