Mazkur maqolada o‘zbek xalqining atoqli shoira va jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning ijodiy merosi o‘zbek ma’naviy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shoiraning asarlarida insonparvarlik, ayollik, sadoqat, Vatanga muhabbat va ruhiy poklik g‘oyalari uyg‘unlashgan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyatni tiklash hamda yangi davr tafakkurining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Zulfiya ijodi o‘zbek xalqining ruhiy uyg‘onish tarixida alohida bosqichni tashkil etadi. Shoiraning badiiy qarashlari millat ongi, ayolning ijtimoiy mavqeini va insoniy qadriyatlarni yuksaltirishga qaratilgan. Maqolada Zulfiya merosining zamonaviy O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni, uning yoshlar ongiga ta’siri hamda jamiyatning axloqiy-estetik shakllanishidagi roli yoritiladi. Zulfiya so‘zi bugun ham xalq ruhiga ozuqa bermoqda. Uning asarlari o‘zbek adabiyotining ma’naviy tayanchi, ayollik oriyati va milliy iftixorning timsoli sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shoira ijodi bugungi kunda ham yoshlarni ezgulikka, Vatanga muhabbat va halollikka undovchi ma’naviy yo‘l-yo‘riq vazifasini bajarmoqda.
Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi. Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bilib olishimiz.
Mumtoz adabiyotda tazkiralar, oʻz mohiyatiga koʻra, tarixiy, adabiy manba sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, tasavvufiy tazkiralarda nafaqat erkak, balki so‘fiy ayollar hayoti, tarjimayi holi va maʼnaviy maqomlari ham oʻziga xos tarzda aks etgan. Ushbu maqolada yozma manbalarda orifa ayollar tasviri haqida faqatgina ayol so‘fiylar ismi zikr qilingan tazkira muallifi Abu Abdurahmon Sulamiy asariga tayanilgan holda ma’lumot beriladi.
Maqolada Dostoyeviskiyning inson psixalogiyasini ochib berish mahorati, uning “Oydin tunlar” romani, asar qahromoni bo‘lgan xayolparast haqida suhbatlashamiz. Inson ichki olamida muhabbatga bo‘lgan muhtojlik, uning o‘rni shu bilan birga yolg‘izlik qo‘rquv masalalari ochib berilgan. Bu orqali Dostoyeviskiy asarlarini chuqur o‘rganish, uni kitobxonlarga tushuntirish maqsad qilingan.
Bugungi rivojlanib borayotgan adabiyotimizda ko‘plab ijodkorlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning har biri adabiyotimiz uchun ahamiyatlidir. Ushbu maqolamizda Abdulvohid Burhonov hayot faoliyati, ijodiy ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Uning ijtimoiy faolligi, ijodi va shaxsiy qarashlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.