СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА, АНАЛИЗА И АУДИТА РАСЧЕТОВ С УЧРЕДИТЕЛЯМИ

В данной статье комплексно рассматриваются теоретические и практические аспекты совершенствования учета, анализа и аудита расчетов с учредителями в условиях современной трансформации экономики и цифровизации финансовых процессов. Особое внимание уделяется роли расчетов с учредителями в системе корпоративного управления, формированию уставного капитала, распределению прибыли и выплате дивидендов, а также их влиянию на финансовую устойчивость и инвестиционную привлекательность предприятий. В работе проанализированы действующие подходы к бухгалтерскому учету расчетов с учредителями, выявлены существующие проблемы, связанные с недостаточной прозрачностью финансовых операций, несовершенством методик учета и слабостью внутреннего контроля. Рассматриваются современные тенденции развития учета, включая внедрение цифровых технологий, автоматизированных учетных систем, а также применение международных стандартов финансовой отчетности (МСФО).


21.04.2026 Volume Issue View more Download
SHAHAR TRANSPORT TARMOĞIDA YO‘LOVCHILAR OQIMINI SHAKLLANTIRISH VA TAQSIMLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada shahar transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirish va uni samarali taqsimlash masalalari keng qamrovda tahlil qilinadi. Zamonaviy urbanizatsiya sharoitida transport oqimlarini boshqarishning ahamiyati, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida yo‘lovchilar oqimining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularni optimallashtirish usullari hamda transport tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
MODAL SO’ZLARNING LINGVISTIK TABIATI VA TASNIFI

Ushbu maqolada modal so‘zlarning lingvistik tabiati va ularning til tizimidagi o‘ziga xos o‘rni tadqiq etiladi. Maqolada modal so‘zlarning lisoniy statusi, ularning tushuncha ifodalashdan ko‘ra, so‘zlovchi va nutq predmeti o‘rtasidagi munosabatni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Modal so‘zlar turli lingvistik maktablar nuqtayi nazaridan tasniflanib, ularning boshqa yordamchi so‘z turkumlari hamda modal ma’noli birliklardan farqli jihatlari tahlil qilingan.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
KIBERMATNNING BADIIY ADABIYOTDAGI TARIXIY VA ZAMONAVIY IFODASI

Maqolada adabiyotshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi raqamli poetika kontekstida kibermatn hodisasi tadqiq etiladi. Kibermatnning tarixiy ildizlarini aniqlash va uning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rnini belgilash maqsad qilib olingan. Kibermatn tushunchasi klassik adabiyotdagi nolinear strukturalar, xususan, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni hamda zamonaviy ergodik adabiyot o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar misolida yoritiladi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
ATOM FIZIKASI FANIDAN KVANT SONLARINI O‘RGANISHDA PYDROID 3 ILOVASIDAN FOYDALANISH

Mazkur maqolada atom fizikasi fanida kvant sonlari tushunchasini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan Pydroid 3 ilovasidan foydalanish metodikasi yoritilgan. Kvant sonlarining fizik mazmuni, ularning atom tuzilishidagi o‘rni hamda elektronlarning energetik holatlarini tavsiflashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Python dasturlash tili asosida yaratilgan dasturiy modellar yordamida bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni va spin kvant sonlarini vizual va hisoblash orqali tushuntirish usullari ko‘rsatib berilgan. Maqolada talabalar uchun interaktiv muhit yaratish, abstrakt fizik tushunchalarni aniq modellashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari muhokama etilgan. O‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari, xususan, mustaqil ta’limni rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va algoritmik fikrlashni rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari atom fizikasi fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor