MAKTABDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSIYANI QO‘LLASH

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitish jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etishning mazmuni, ahamiyati va amaliy imkoniyatlari yoritiladi. Texnologik ta’limda loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, hamkorlikda ishlash, raqamli vositalar, STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsiyalar o‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi, texnik savodxonligi, mehnat madaniyati va kasb tanlashga tayyorgarligini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada innovatsion metodlarni qo‘llashda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.


09.11.2026 Volume Issue View more Download
USTOZLIKDAN YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARLIGIGACHA: BIR DARGOHDAGI QARIYB 20 YILLIK HAYOT YO‘LIM

Ushbu maqolada muallifning qariyb yigirma yillik pedagogik faoliyati, o‘qituvchilikdan guruh rahbarligi va kafedra mudirligigacha, undan yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarligigacha bo‘lgan kasbiy yo‘li yoritilgan. Maqolada yoshlar bilan ishlash tajribasi, ularning qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, individual yondashuv, ishonch va muloqot, rag‘batlantirish, loyihaviy faoliyat, “tengdosh-tengdoshga” hamda monitoring va tahlil metodlari bayon etilgan. Shuningdek, ta’lim muassasasida yoshlar uchun yaratilayotgan kasbiy, ijtimoiy va raqamli imkoniyatlar hamda ustozning shaxsiy namunasining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikrlar berilgan.


09.11.2026 Volume Issue View more Download
ТАРИХИЙ-МАДАНИЙ МЕРОС ВОСИТАСИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ МАЪНАВИЙ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ

Жaҳoн миқёcидa axбopoт кoммyникaция тexнoлoгиялapи дyнё тaмaддyни pивoжигa yлкaн ҳиcca қўшиши билaн биpгa, мypaккaб вa зиддиятли xapaктepгa эгa бўлгaн жapaёнлapни ҳaм кeлтиpиб чиқapмoқдa. ХХI acpдa axбopoт pecypcлapи ижтимoий, мaдaний, мaънaвий coҳaдaги мaълyмoтлap opқaли тypли ёш вa тoифaдaги шaxcлapнинг oнгигa тaъcиp қилиб, yлapнинг дyнёқapaши, ижтимoий xapaктepи ҳaмдa мypaккaб тaфaккypини шaкллaнтиpиш вocитacи cифaтидa peaл вoқeликкa aйлaнди. Шy caбaбли шaкллaнaёган axбopoтлaшгaн жaмиятдa мaънaвиятдa ҳaм тypли xил ўзгapишлapни инoбaтгa oлиш мyҳим aҳaмият кacб этмoқдa.


09.11.2026 Volume Issue View more Download
YURIST NUTQI VA UNING SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI IJOBIY VA SALBIY OMILLAR

Maqolada yurist nutqining huquqiy amaliyotdagi o‘rni hamda uning sifatiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillar tahlil qilinadi. Nutqning aniqligi, mantiqiy izchilligi, dalillarga asoslanganligi, nutq madaniyati va auditoriyaga mosligi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, terminologik xatolar, hissiy beqarorlik va psixologik tayyorgarlikning yetishmasligi kabi muammolarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


09.11.2026 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA TA’LIMDA MUSIQIY-RITMIK FAOLIYATNI RAQAMLI RESURSLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy-ritmik faoliyatni raqamli ta’lim resurslari asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari, metodik yondashuvlari va samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali bolalarning musiqiy eshitish qobiliyati, ritmni his etishi, ijodkorligi, harakat muvofiqligi va estetik didini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda interaktiv multimedia vositalari, animatsiyalar, audio va videomateriallar hamda raqamli musiqiy o‘yinlardan foydalanish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.


09.11.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor