Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishning pedagogik asoslari tahlil qilinib, amaliy mashg‘ulotlarning talabalarning kasbiy tayyorgarligiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni innovatsion metodlar asosida tayyorlashning samarali usullari haqida fikr yuritilgan.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshish sport turining Olimpiya o‘yinlaridagi rivojlanish bosqichlari, sportchilarning natijalari hamda musobaqa samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy tayyorgarlik metodlari, jismoniy sifatlarning rivojlanishi va xalqaro musobaqalardagi natijalar asosida ilmiy xulosalar berilgan. Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishishda texnik, taktik va funksional tayyorgarlikning ahamiyati yoritilgan.
Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida yashovchi xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirishda jismoniy mashqlar va sportning ahamiyati yoritilgan. Hududdagi ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishlari hamda ijtimoiy omillarning ayollar salomatligiga ta’siri tahlil qilinib, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, xotin-qizlarni sport faoliyatiga jalb etishning pedagogik, ijtimoiy va sog‘lomlashtiruvchi jihatlari ilmiy asosda bayon etilgan.
The article examines the theoretical foundations of pilgrimage discourse and the role of religious metaphors within it, drawing on cognitive and discourse-based approaches. The concept of “ziyorat/pilgrimage” is described in lexical and semantic terms and, on the basis of English and Uzbek texts, is interpreted through the leading metaphorical models of spiritual journey, purification and healing. The comparative analysis demonstrates that these metaphors function as an effective linguo-cognitive means of representing the pilgrim’s inner spiritual experience, shaping notions of sacredness and conveying religious values.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi bozorida keng tarqalgan yog‘ochga asoslangan panel materiallar — yog‘och qirindili plitalar (DSP), laminatlangan yog‘och qirindili plitalar (LDSP), o‘rta zichlikdagi yog‘och tolali plitalar (MDF) va laminatlangan MDF (LMDF) namunalarining mikrostrukturasi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda Rossiya, Eron va Yevropa Ittifoqi davlatlari ishlab chiqaruvchilaridan olingan yetti turdagi namuna skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usuli yordamida ×100 dan ×6000 gacha kattalashtirishlarda o‘rganildi va jami 95 ta mikrofotografiya tahlil qilindi. Mikrostrukturaviy parametrlar — qirindilar/tolalar joylashuvi tartibliligi, smola taqsimoti tekisligi, qirindi–smola chegarasi mustahkamligi, g‘ovaklik darajasi, yuza laminatsiya qatlami sifati va yog‘ochning anatomik tuzilishi saqlanganligi 5-balli shkalada baholanib, namunalarning umumiy sifat reytingi tuzildi. Olingan natijalarga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlar Yevropa LMDF va LDSP namunalariga (30/30 ball), eng past ko‘rsatkichlar Rossiya DSP namunasiga (6/30 ball) tegishli ekanligi aniqlandi. Aniqlangan farqlar ishlab chiqarish texnologiyasining zamonaviyligi, qo‘llanilayotgan smola tarkibi va xom ashyo sifati bilan bog‘liq. Olingan natijalar import qilinadigan panel materiallarni baholashda hamda mahalliy ishlab chiqarish uchun sifat me’yorlarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.