Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati va ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, bugungi O‘rta Osiyo ayolining jahon miqyosida topayotgan shuhrati, ularning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy-ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan sezilarli hissalarini alohida ta’kidlab, ularning o‘tmishda ham shunday ajdodlari borligini faxr va g‘urur tuyg‘usiga aylantirish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimini joriy etilishi, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohada ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalasi yoritilgan.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining kasbiy sifati ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy, yo‘l-yo‘riqlarni va kasbiy burchlarni qanday bajarayotganliklarini nazorat qiluvchi ma’naviy kuchdir. Bu ma’naviy kuch, o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga o‘z kasbini o‘rgatish, ularning insonparvarlik, etik, adabiyot, hamjamiyatga foydali aks etish va kasbiy rivojlanishiga erishishida muhim rol oynaydi.
Maqolada qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishini asoslaydi.