Ushbu maqolada frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihatdan o‘rganilishi, ularning xalq madaniyati, tarixiy xotirasi va mentalitetini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Fransuz, o‘zbek va boshqa madaniyatlarda frazeologizmlarning ramziy ma’nosi, obrazlar tizimi, lingvomadaniy lakunalar, kognitiv metaforalar va konseptlar misollar yordamida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarni tarjima qilishdagi madaniy fonning ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot lingvokulturologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, globalizatsiya sharoitidagi o‘zgarishlar va milliy o‘zlikning til orqali saqlanishi masalalarini ham qamrab oladi.
Mazkur ilmiy maqolada paremiologiya fanining nazariy asoslari, uning tilshunoslik tizimidagi o‘rni hamda fransuz paremiologiyasining lingvokulturologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda paremiologik birliklarning semantik, strukturaviy va pragmatik jihatlari o‘rganilib, semantik oppozitsiya tushunchasi strukturalizm va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Ayniqsa, “hayot - mamot” oppozitsiyasi universal konseptual kategoriya sifatida chuqur tahlil qilinadi. Fransuz va o‘zbek paremiologiyasi qiyosiy asosda o‘rganilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi.
Mazkur mavzu Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida uning iqtisodiy jihatdan xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozori sifatida shakllantirilishi jarayonini yoritishga bag‘ishlangan. Unda mustamlakachilik siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, paxtachilikni majburiy kengaytirish, mahalliy hunarmandchilik va sanoatning inqirozga uchrashi, hamda o‘lkaning Rossiya sanoati uchun xom ashyo yetkazib beruvchi hududga aylantirilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, temir yo‘llar qurilishi, savdo aloqalarining biryoqlama rivojlanishi va mahalliy bozorlarning Rossiya mahsulotlariga qaram bo‘lib qolishi kabi omillar ochib beriladi. Natijada Turkiston iqtisodiyotining mustaqilligi cheklanib, u imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi mustamlaka hududga aylangani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.
O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Said Ahmad o‘zining yorqin hikoyalari, inson tabiatini chuqur psixologik mushohadalagani bilan mashhur. Mazkur maqolada Said Ahmadning ,,Sarob’’ hikoyasi va uning mavzusi, syujet o‘ziga xosligi, boshqa badiiy jihatlari haqida xulosalar beriladi. Jumladan, hayot va badiiy haqiqat masalalari to‘g‘risida mulohazalar bildiriladi.
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili darslarida mustaqil ishlarni tizimli va samarali tashkil etishning nazariy-metodik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarda nutqiy va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish, ularni ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘naltirish hamda dars jarayonida ma’naviy-ma’rifiy inqilobiy yondashuvlarni qo‘llash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, yangi avlod darsliklari asosida o‘quvchilarning lingvistik salohiyatini oshirishda o‘qituvchining metodik mahorati va psixologik yondashuvining o‘rni tahlil qilingan.