Ushbu maqolaning maqsadi sil kasalligining kelib chiqsh sabablari, klinik belgilari, hamroh kasaliklar bilan kechishi, tashxis qo‘yishni tahlil qilish, shuningdek, kasallikning oldini olishda profilaktik choralar ahamiyatini yoritishdan iborat. Silning tarixi, R. Kox tomonidan kashf etilishi, tuberkulin diagnostikasi va Kelment-Geren (BSJ) vaksinasi tarixi tahlil qilingan. Shuningdek, OIV bilan koinfeksiyaga e’tibor qaratilib, OIV va silning o‘zaro ta’siri, zamonaviy diagnostika va antiretroviral vositalar yordamida koinfeksiyani nazorat qilish usullari haqidagi tadqiqiotlar koʻrib chiqilgan. Shuningdek, epidemiologik ma’lumotlar global va mintaqaviy ko‘rsatkichlar bilan taqdim etilgan, masalan, JSST va milliy agentliklar statistikasi, shuningdek, sil bilan bog‘liq o‘lim darajalari va yuqori endemik hududlar tahlil qilingan. Hamda zamonaviy diagnostik metodlar (bakterioskopik, teri sinamalari, molekulyar usullar, IGRA (Interferon-Gamma Release Assay), rentgenofluorografiya) va profilaktik strategiyalar (vaksinatsiya, ommaviy tekshiruvlar, kimyoviy profilaktika, sog‘lom turmush tarzi) keltirilgan.
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda raqamli texnologiyalarning transport, sanoat, soliq va moliya sohalarida qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Klaus Schwabning To‘rtinchi sanoat inqilobi haqidagi fikrlari asosida raqamli rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalarning ijobiy va salbiy jihatlari, jumladan kiberxavfsizlik muammolari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalardan oqilona va samarali foydalanish zarurligi haqida xulosa chiqarilgan.
Bul ilimiy maqalada jahan estradasınıń payda bolıwı, tariyxıy qáliplesiwi hám rawajlanıw basqıshları keń túrde taldanadı. Estrada muzıkası XX ásirde payda bolıp, radio, televideniye hám keyinirek internet arqalı dúnyanıń eń keń taralǵan muzıka baǵıtlarınıń birine aylandı. Maqalada estrada janrınıń tiykarǵı belgileri, Batıs hám Sharq mádeniyatlarınıń ózara áseri, globallasıw hám sanlı texnologiyalardıń muzıka industriyasına kórsetken tásiri ilimiy derekler negizinde bayan etiledi. Sonıń menen birge dúnyajúzilik estrada wákilleriniń dóretiwshilik úlesi analiz qilinadı.
Ushbu maqolada insult o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, xususan parodont to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik va funksional o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda insultdan keyingi davrda bemorlarning umumiy somatik holati, markaziy nerv tizimi faoliyatidagi buzilishlar hamda gigiyena ko‘nikmalarining susayishi parodont kasalliklarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Shuningdek, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi, qon aylanishining buzilishi, immun tizim faoliyatining pasayishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan klinik belgilar va asoratlar tahlil qilingan. Maqolada insultdan keyingi davrda stomatologik profilaktika, parodont kasalliklarini erta aniqlash hamda kompleks davolash usullarining ahamiyati ilmiy asosda yoritib berilgan.
Mazkur ilmiy maqolada gipofiz gormoni bo‘lgan prolaktinning patologik darajada ortib ketishi bilan kechadigan gipерprolaktinemiya holatining reproduktiv salomatlik tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida gipерprolaktinemiyaning etiologik omillari, patofiziologik mexanizmlari, diagnostik mezonlari hamda reproduktiv tizim funksiyalariga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari chuqur ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Shuningdek, ushbu patologiyaning ayollarda ovulyatsiya buzilishi, menstrual sikl disfunksiyasi, bepushtlik va galaktoreya bilan bog‘liqligi hamda erkaklarda testosteron sekretsiyasi pasayishi, spermatogenez buzilishi va jinsiy disfunktsiyalar bilan kechishi masalalari ham keng yoritildi. Zamonaviy endokrinologiya va reproduktologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar gipерprolaktinemiyani erta tashxislash va samarali davolash orqali reproduktiv salomatlikni tiklash mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Ushbu maqolada gipерprolaktinemiyaning diagnostik algoritmlari, laborator va instrumental tekshiruvlar hamda farmakologik davolash usullari ilmiy jihatdan asoslangan holda tahlil qilinadi.