Ushbu maqola kompyuter asrida internet tarmoqlarining yoshlar ongiga salbiy ta’sirlari xaqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etishi va ijtimoiy- iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga joriy etilishi sababli barcha uchun kompyuter savodxonligi dolzarb masalalardan biridir.
Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqola sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish jarayonlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqola, sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta'kidlab, ma'lumot yig'ishning turli usullari, ma'lumotlarni tozalash va tahlil qilish metodlari hamda tadqiqot natijalarini taqdim etish usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlari va qo'llaniladigan texnikalari, jumladan deskriptiv va inferensial statistika, regressiya tahlili kabi usullar yoritiladi. Maqola, sotsiologik ma'lumotlar yordamida jamiyatdagi muammolar va o'zgarishlarni tushunish va baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.