This article highlights the role and importance of quality education in the development of society, explains the concept of quality education, analyzes the relationship between education and development, and discusses the educational reforms implemented in Uzbekistan in recent years. At the same time, it also discusses existing problems and their solutions.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etish xususida fikr yuritiladi, ya’ni dars davomida o‘quvchilarni dars jarayoniga turli didaktik o‘yinlar yordamida jalb qilishning bir necha usullari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada bioparchalanuvchi polimerlarga qo‘yiladigan xalqaro standartlar, ularning asosiy tamoyillari va ekologik baholash mezonlari tahlil qilinadi. Polimer materiallarning biologik parchalanish qobiliyatini baholashda qo‘llaniladigan eng muhim standartlar – ASTM D6400, EN 13432, ISO 17088 va boshqalar yoritiladi. Maqolada, shuningdek, ushbu standartlarning global amaliyotdagi o‘rni va ularni joriy etishdagi muammolar ko‘rib chiqilgan.
Mazkur maqolada o‘zbek falsafiy tafakkurining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Aziziddin Nasafiyning “Komil inson” asariga falsaviy-germenevtik yondashuv asosida tahlil berilgan. Asarda insonning ma’naviy kamolot sari intilishi, nafsni poklash, ruhiy yetuklikka erishish va ilohiy haqiqatga yaqinlashish jarayoni chuqur ifodalangan. Germenevtik tahlil metodi orqali matndagi ramzlar, kontekst va muallifning maqsadlari izohlanadi. Shuningdek, “komil inson” tushunchasi orqali Nasafiy zamonaviy inson uchun qanday axloqiy-me’yoriy yo‘l ko‘rsatmalarni ilgari surganiga e’tibor qaratiladi. Maqola orqali asarning bugungi kun ma’naviy inqiroz sharoitidagi dolzarbligi va qadriyatlar tizimidagi o‘rni ochib beriladi.