Ушбу мақолада спорт маркетинги ва менежменти соҳасининг ҳозирги ҳолати, мавжуд муаммолар аниқланган ва ривожлантиришга оид аниқ таклифлар берилган. Жаҳон тажрибаси асосида спорт клублари ва федерациялари ўз брендларини шакллантириш, аудитория билан самарали мулоқот қилиш ва рақобатбардош тижорат стратегиясини ишлаб чиқиш таклиф этилган.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mustaqillik yillaridagi shakllanishi, faoliyat yo‘nalishlari, islohotlar va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvi va huquqiy tizimni takomillashtirishdagi roli, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlashdagi hissasi yoritilgan.
Ushbu maqolada 1925-1945-yillarda Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tahlil qilinadi. Sovet Ittifoqining yangi siyosiy tizimi, kollektivlashtirish, repressiya va urushning ta’siri viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasida katta o‘zgarishlarga olib keldi. Paxta ishlab chiqarishining rivojlanishi va kolxozlar tizimining o‘rnatilishi viloyat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga yordam berdi, ammo bu jarayonlar jamiyatda qarshiliklar va ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqardi. Repressiya siyosati va urushning ta’siri esa, viloyatning siyosiy barqarorligini va aholi turmushini yomonlashtirdi. Maqolada Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ularning aholi va iqtisodiyotga ta’siri batafsil yoritilgan.
Maqolada pedagog shaxsida kasbiy qoniqqanlikni shakllantiruvchi psixologik, ijtimoiy va tashkiliy omillar keng qamrovda tahlil qilingan. Ichki motivatsiya, self-efficacy, emotsional barqarorlik hamda tashqi omillar – mehnat sharoitlari, jamiyatning munosabati, boshqaruv muhitining roli chuqur yoritilgan. Empirik tadqiqotlar asosida kasbiy qoniqqanlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.
Adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni o‘rganadi, adabiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shuningdek, tarixiy rivojlanishini nazariy tahlil qiladi. Kutubxonashunoslik fani esa, axborot yig‘adi. Kutubxonashunoslik fani saqlash, tarqatish va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Bu ikki soha o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning eng muhim jihati, bir tomondan, adabiyotning kutubxonalarda jamlanishi kutubxonashunoslarning adabiy merosni tizimlashtirishdagi asosiy funksiyasi hisoblanadi.