Gandbolchilar o‘yin davomida nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikka ham tayanuvchi sportchilardir. Musobaqa paytidagi stress holatlari sportchining qaror qabul qilish qobiliyatiga, diqqatiga va harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda stressning asosiy manbalari — jamoaviy bosim, kutishlar, individual mas’uliyat — tahlil qilinib, musobaqaviy stressning sportchilarga ta’siri ikki yo‘nalishda: salbiy va ijobiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Diqqatni jamlash, vizualizatsiya, ijobiy fikrlash, o‘zini anglash hamda ruhiy boshqaruv texnikalari stressni kamaytirishga va sportchi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar sifatida tavsiya etiladi.
Ushbu maqolada XVI–XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari — Buxoro, Xiva va Qo‘qon hamda Eron (Safaviylar, Afshoriylar va Qajarlar sulolalari) o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mazkur aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi va muayyan siyosiy voqealar ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi. Shuningdek, diniy, iqtisodiy va harbiy omillarning diplomatik jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Maqola orqali mintaqaviy geosiyosiy muvozanatda bu aloqalarning tutgan o‘rni ochib beriladi.
Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik va harbiy munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Dastlab savdo va elchilik aloqalari shaklida boshlangan munosabatlar, vaqt o‘tishi bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati ta’sirida keskin tus olgan. 1873-yilgi harbiy yurish va uning oqibatida Xiva xonligining yarim mustamlakaga aylanishi ikki davlat o‘rtasidagi asimmetrik munosabatlarning yakuniy bosqichi sifatida ko‘rsatiladi. Mazkur tarixiy jarayonlar O‘rta Osiyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.