Ushbu maqolada ikki muhim monoteistik din – Yaxudiylik va Islom – ning diniy, tarixiy va falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqola dinshunoslik nuqtai nazaridan ularning kelib chiqishi, asosiy aqidalari, muqaddas matnlari va tarixiy rivojlanishi hamda o‘zaro o‘xshashlik va farqlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu dinlarning insoniyat tamadduniga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy dunyodagi o‘rni ham yoritiladi.
Mazkur maqolada hadislarda bayon etilgan ta’lim va tarbiya masalalari tahlil qilinadi. Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning hadislari asosida ilm olish, axloqiy tarbiya, oilaviy mas’uliyat, ustoz-shogird munosabatlari hamda ijtimoiy muomala madaniyati kabi mavzular yoritilgan. Hadislar orqali insonning ma’naviy barkamollikka erishishidagi yo‘llar ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim-tarbiyaga hadislarning qanday tadbiq etilishi mumkinligi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola islomiy tarbiyaning universal qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqolada diniy kitoblarning insoniyat madaniyatiga ta’siri, ularning tarixiy rivojlanishdagi o‘rni va jamiyatdagi axloqiy, falsafiy hamda ijtimoiy qadimiyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor diniy matnlarning madaniy meros, san’at, adabiyot va ta’limdagi izlari o‘rganishga qaratilgan.
Mazkur maqolada vatanparvarlik tushunchasining tarixiy, diniy va ma’naviy ildizlari, uning yosh avlod ongida shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Islom dinida vatanga muhabbat iymonning bir qismi sifatida talqin etiladi. Maqolada, shuningdek, vatanparvarlikning zamonaviy shakllari, yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati, davlat siyosatida vatanparvarlik g‘oyasining aks etishi haqida fikr yuritiladi. Amaliy hayotdan misollar va yurtimizdagi tarbiyaviy dasturlar asosida tahlil berilgan.
Ushbu maqolada diniy ekstremizm tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, jamiyatga ta’siri hamda unga qarshi kurashishning samarali usullari tahlil etilgan. Muallif diniy ekstremizmga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, huquqiy chora-tadbirlarning, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning va axborot xavfsizligining o‘rni haqida fikr yuritadi. O‘zbekiston tajribasi misolida diniy bag‘rikenglik va sog‘lom diniy muhitni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola diniy mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish yo‘llarini izlovchi ilmiy-ommabop manba sifatida xizmat qiladi.