Mazkur maqolada 5-sinf oʻquvchilariga iboralarni oʻrgatishningsamarali usullari yoritilgan. Unda iboraning ta'rifi, turlari, nutqdagi vazifasi hamda ularni dars jarayonida tushunarli tarzda oʻqitish yoʻllari haqida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasini inobatga olgan holda interfaol metodlar mashq va topshiriqlardan foydalanish, iboralarni kontekstda anglashni oʻrgatish, nutqiy kompetensiyani rivojlantirish boʻyicha takliflar keltirilgan. Qoʻllanma ona tili oʻqituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlib, iboralarni oʻzlashtirish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada surunkali stressning inson miyasi, xususan, gepokamp strukturasi va funksiyasiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Gepokamp — xotira, o‘rganish va emotsional regulyatsiyada muhim rol o‘ynovchi miya strukturasi bo‘lib, stressga sezgir zonalardan biridir. Maqolada avvalo gepokampning morfologiyasi va vazifalari, so‘ngra stress tushunchasi hamda organizmga ta’siri yoritilgan. Asosiy e’tibor surunkali stress holatlarida glukokortikoidlar va boshqa neyromediatorlarning gepokampga ko‘rsatadigan zararli ta’sirlariga qaratiladi. Surunkali stress natijasida neyrogenezning susayishi, nevronlar sonining kamayishi, sinaptik aloqalarning buzilishi va gepokamp atrofiyasi kabi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ushbu o‘zgarishlar kognitiv faoliyatning pasayishi, xotira buzilishlari, depressiya va tashvish holatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, maqolada stress oqibatlarini kamaytirish va gepokamp funksiyalarini tiklash bo‘yicha farmakologik. Tadqiqotlar natijasida kelgusida ushbu sohada chuqurroq izlanishlar olib borish zaruriyati asoslab berilgan.
Ushbu maqolada muallif o'zbek millati o'z farzandlariga o'zbekona ism tanlash, va uning tarixiy ismlarni inobatga olgan xolda farzandiga qo'yish haqida qisqacha fikrlar bayon qiladi. Ismlar millat shaʼni obroʻsiga nufuziga yarasha ismlar haqida fikirlar yuritgan. Hamda oʻzbek ismiga "Xon", "Bek", Jon" qoʻshimcha deyiladi, ammo oddiy qoʻshimcha emasligini, unda oʻzbekning asl nasabini belgilovchi, anglatuvchi qoʻshimchaligi haqida bayon qiladi.
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi gul nomlari va ularni ifoda etuvchi so‘zlarning semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Leksik-semantik tahlil asosida gul nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari, obrazlilik darajasi hamda ularning metaforik va poetik ma’noda qo‘llanish holatlari yoritiladi. Mumtoz adabiyotda, ayniqsa Alisher Navoiy she’riyatida, gul obrazining poetik, ramziy va semantik jihatdan teran qo‘llanishi kuzatiladi. Shu sababli gul nomlarini faqat botanik terminlar sifatida emas, balki semantik struktura, poetik timsol, va lingvokulturologik birlik sifatida tadqiq qilish muhimdir. Shuningdek, turli adabiy manbalarda gul nomlarining sinonim, antonim, metafora va metonimiya kabi usullar bilan qanday ifodalangani tahlil qilinadi.
Epiteliy to‘qimalari inson organizmidagi eng muhim to‘qimalardan biri bo‘lib, ularning turli xil shakl va funksiyalari tana tuzilishi va faoliyatini boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada epiteliy to‘qimalarining turlari, tuzilishi, joylashuvi va funksional farqlari batafsil tahlil qilinadi. Epiteliy to‘qimalarining har bir turi o‘ziga xos vazifalarni bajarib, kasalliklar paytida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni tushunishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, epiteliy to‘qimalarining klinik ahamiyati va regeneratsiya salohiyati haqida ham so‘z boradi.