Ushbu maqola akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda kreativ yondashuvlardan foydalanishning samaradorligi va istiqbollarini atroflicha o‘rganadi. Kreativ yondashuvlar, xususan, muammolarga asoslangan ta’lim, ijodiy loyihalar, o‘yinlashtirilgan usullar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash fizika fanini talabalar uchun yanada qiziqarli, tushunarli va amaliy jihatdan foydali qilishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning o‘quv jarayoniga ta’siri, qo‘llanilish usullari va ularning talabalarning bilim olish darajasi hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ usullar talabalarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi, ularning tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shuningdek, fan sohasida mustaqil izlanishlarga undaydi.
Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni, xususan harbiy sohada tahsil olayotgan kursantlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sadoqatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtai nazardan sport turlari orqali kursantlarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va mustahkamlash muhim omil hisoblanadi. Sportning vatan tuyg'usini rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.
“Uyqu sifati va yoshlarning ruhiy holatiga ta'siri” nomli ushbu maqola yosh avlodning salomatligida uyquning muhim rolini tahlil qiladi. Zamonaviy dunyoda yoshlar duch kelayotgan uyqu buzilishlari, ularning psixologik holatiga, akademik ko'rsatkichlariga va ijtimoiy munosabatlariga qanday salbiy ta'sir ko'rsatishi atroflicha o'rganiladi. Maqola yetarli va sifatli uyquning depressiya, xavotir va stressni kamaytirishdagi ahamiyatini yoritib, yoshlarning ruhiy farovonligini oshirish bo'yicha.