Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, pedagogik qarashlari, qoldirgan me’rosi va ularning siymolarini o’rganish har doim ham jamiyatning asosiy maqsadi bo’lib kelgan. Tarixdan ma’lumki jadidlar o’zlarining qarashlarida milliy tarbiyani, ma’rifatparvarlik goyalarini ilgari surib, millatni ilmsizlik jahоlatidan qutqarish uchun eski maktabni islоh qilishni zarurligini isbоtlab, usuli jadidiyaga asоs sоldi. Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining yuqoridagi mazmunga oid bo’lgan qarashlari haqida so’z boradi.