В данной статье представлена информация о показателях качества высшего образования, обеспечении соответствия программ международным стандартам аккредитации, внутренних и внешних процессах контроля, оценки и повышения качества образования, а также вкладе качественного образования в успех учебных заведений и студентов.
Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati va ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, bugungi O‘rta Osiyo ayolining jahon miqyosida topayotgan shuhrati, ularning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy-ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan sezilarli hissalarini alohida ta’kidlab, ularning o‘tmishda ham shunday ajdodlari borligini faxr va g‘urur tuyg‘usiga aylantirish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir.
Maqolada qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishini asoslaydi.
Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.