International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN HAMKORLIK ISHLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy mamlakatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari, ularning asosiy yo‘nalishlari, natijalari hamda istiqbollari yoritilgan. Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi ilg‘or davlatlarning tajribalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar tahlil qilinadi. Jadval va statistik ma’lumotlar orqali xalqaro hamkorlikning samaradorligi ko‘rsatilib, kelajakdagi takliflar va strategik yondashuvlar asoslab berilgan.


16.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
СОЛИҚ ИНТИЗОМИНИ ТАЪМИНЛАШ БЎЙИЧА ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИ ВА УЛАРНИ ЎЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ҚЎЛЛАШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ

Мақолада солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар бўйича қарздорликларни камайтиришнинг хориж тажрибаси келтирилган. Шунингдек, солиқ қарзини қисқартишда илғор хориж тажрибаси ва амалиётининг ижобий жиҳатлари тадқиқ этилиб, уларни мамлакатимиз солиқ маъмурчилигида қўллаш имкониятлари юзасидан таклифлар ишлаб чиқилган.


16.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
QORAQALPOQ MILLIY LIBOSLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Mazkur maqolada Qoraqalpoq milliy liboslarining dastlabki shakllari, turli tasirlar natiyjasida ózgarish bosqichlari, ranglar politrasi, silueti, aksessuarlari haqida bayon qilingan. Qoraqalpoq milliy liboslarining boshqa millatlarning an’anaviy liboslaridan ajralib turuvchi naqshlari, ularning mazmun moxiyati haqida ham ta’kidlab ótilgan. Bundan tashqari hozirgi kunda nafaqat ayollar balki erkaklar garderobida ham óz órniga ega Etno uslubdagi kiyimlar, aksessuarlar haqqida tasavvurga ega bólish uchun malumotlar berilgan.


16.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
RANGTASVIRDA NUR VA SOYA SIMFONIYASI

Mazkur maqolada rangtasvir san’atida nur va soya vositalarining badiiy hamda dramaturgik ifodaviy kuchi tahlil qilinadi. Nur va soyaning psixologik obraz yaratishdagi o‘rni, tenebrizm uslubining qadimiy va zamonaviy san’atdagi talqinlari, shuningdek, yorug‘lik kontrasti orqali kompozitsion yechimga erishish yondashuvlari yoritiladi.


16.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
GERARD CLAUSON LUG‘ATIDAGI CHIGʻATOYCHA OTLAR ETIMOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada Gerard Clauson tuzgan “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” asari asosida Chigʻatoy tilidagi otlar grammatik tahlil qilinadi. Tadqiqot 821 ta otga asoslanib, ularning grammatik ko‘rinishlari, semantik yo‘nalishi va til tafakkuridagi o‘rni statistik jihatdan ko‘rsatib beriladi.


16.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor