International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



YENGIL ATLETIKADA UZOQ MASOFAGA YUGURISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ORQALI TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada yengil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo‘nalishida sportchilarning tezkorlik sifatini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqot jarayonida 1500 m va 3000 m masofalarga yuguruvchi yosh sportchilar ishtirokida tajribaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning tezkorlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Tezkorlikni oshirishda yuqori intensivlikdagi interval mashg‘ulotlar, plyometrik usullar va video-tahlil texnologiyalarining samaradorligi amaliy jihatdan asoslab berildi. Tahlillar asosida yosh sportchilar uchun samarali mashg‘ulot dasturi ishlab chiqildi va ilmiy jadvallar orqali ko‘rsatkichlar taqqoslandi.


19.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
DEVELOPING PRAGMATIC COMPETENCE IN EFL: A FOCUS ON SPEECH ACTS AND SOCIAL MEANING

This article examines the role of speech acts in the development of pragmatic competence among EFL (English as a Foreign Language) learners, with a specific focus on how language conveys social meaning. It explores how explicit instruction in requests, refusals, apologies, and other speech acts can improve learners' ability to communicate appropriately across cultural and situational contexts. The study argues for the inclusion of pragmatic elements in language teaching as a means of promoting authentic, socially aware communication.


19.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
KALAMUSHLAR ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI TAJRIBAVIY GIPOTIREOZ FONIDA

Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.


19.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
INKLYUZIV TA’LIMNING XALQARO, MILLIY VA HUDUDIY TENDENSIYALARI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro, milliy va hududiy o‘zgarishlar, global tendensiyalar, milliy strategiyalar va joylardagi amaliyotlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limga oid ilg‘or tajribalar, yondashuvlar hamda pedagogik ta’limning zamonaviy yo‘nalishlari oʻrganiladi. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning sifatli ta’lim olishiga oid imkoniyatlarni kengaytirish va barqaror rivojlanish maqsadlarida inklyuziv yondashuvlarning roli tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy-nazariy asoslar bilan bir qatorda real misollar va statistik ma’lumotlarga tayanilgan.


19.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
AL-ANDALUS – SAKKIZ ASRLIK BUYUK TAMADDUNMI YOKI YEVROPANI UYG‘OTGAN ILM VA SAN’AT MANBAI?

Bu maqolada Al-Andalus (Islomiy Ispaniya) davrining tarixiy va madaniy ahamiyatini yoritadi. Maqolada Kordova, Shativa, Toledo kabi poytaxtlarning ilm-fan, madaniyat va bag‘rikenglik markazi sifatida paydo bo‘lgani, arab-musulmon olimlar va tarjimonlar orqali Yevropa uyg‘onishiga ulkan hissa qo‘shilgani qayd etilgan. Andalusiyaning atrof-muhiti, kutubxonalar, ilmiy ixtirolar, sug‘orish tizimlari va diniy mulohazalar orqali xalqqa qanday ta’sir ko‘rsatgani tilga olingan.


19.06.2025 Volume 4 Issue 6 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor