Ushbu maqolada fransuz tilidagi kishilar ismi,o’zbek tilidagi kishilar nomlarning turli xil xususiyatlari hamda ularning tarjimadagi lingvokulturologik jihatlari haqida bayon etilgan. Fransuz adabiyotidagi kishilar ismining o’zbek adabiyotidagi matnlarda ifodalanishi, semantic ma’no kasb etishi ochib berilgan.
Mazkur maqolada yengil atletikaning qisqa masofaga yugurish yo‘nalishida sportchilarning ketzorlilik sifatini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqot jarayonida 60 m va 100 m masofalarga yuguruvchi yosh sportchilar ishtirokida tajribaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning ketzorlilik darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Ketzorlilikni oshirishda yuqori intensivlikdagi interval mashg‘ulotlar, plyometrik usullar va video-tahlil texnologiyalarining samaradorligi amaliy jihatdan asoslab berildi. Tahlillar asosida yosh sportchilar uchun samarali mashg‘ulot dasturi ishlab chiqildi va ilmiy jadvallar orqali ko‘rsatkichlar taqqoslandi.
Mazkur maqolada XVI-XIX asrlarda Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Elchilik missiyalari, savdo aloqalari, chegara mojarolari, diniy va madaniy yaqinlik asosidagi aloqalar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin” davrida yirik imperiyalar bosimi ostida bu munosabatlarning murakkablashgani ham ko‘rsatilgan. Mahalliy amaldorlar va diniy ulamolar vositasidagi noformal diplomatiyaning roli alohida e’tirof etilgan.
Ushbu maqolada morfologik vositalarning tarixiy va arxaik shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish sabablari o‘rganilgan. Bu shakllarning emotsional-ekspressivlikni ta’minlash, poetik individuallikni hosil qilish, tantanavorlik, matnga o‘zgacha tus berish va tilimizning turli imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun hozirgi zamon she’riyatida ishlatilishi misollar bilan tahlil etilgan.
Mazkur maqolada kirish va kiritmalarning badiiy uslubda poetik individuallikni hosil qilish, subyektiv modallikni ifodalash, emotsional-ekspressivlikni oshirish maqsadida qo‘llanilishi nasriy, she’riy va dramatik asarlardan olingan misollar asosida yoritib berilgan. Badiiy uslubga xoslangan kirish so‘z va kirish bo‘laklar, ularning badiiy matndagi o‘rni, kiritmalarning o‘ziga xos qo‘llanilishi izohlangan.