Ushbu maqolada XVI–XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari — Buxoro, Xiva va Qo‘qon hamda Eron (Safaviylar, Afshoriylar va Qajarlar sulolalari) o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mazkur aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi va muayyan siyosiy voqealar ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi. Shuningdek, diniy, iqtisodiy va harbiy omillarning diplomatik jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Maqola orqali mintaqaviy geosiyosiy muvozanatda bu aloqalarning tutgan o‘rni ochib beriladi.
Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik va harbiy munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Dastlab savdo va elchilik aloqalari shaklida boshlangan munosabatlar, vaqt o‘tishi bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati ta’sirida keskin tus olgan. 1873-yilgi harbiy yurish va uning oqibatida Xiva xonligining yarim mustamlakaga aylanishi ikki davlat o‘rtasidagi asimmetrik munosabatlarning yakuniy bosqichi sifatida ko‘rsatiladi. Mazkur tarixiy jarayonlar O‘rta Osiyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda sport sohasining rivojlanishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati oshishi bilan birga, sport menejmenti tizimini takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda. Sport menejmenti nafaqat sport tashkilotlarining samarali ishlashini ta’minlash, balki sportning ommalashuvi, infratuzilmani rivojlantirish va yoshlarni sportga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda sport menejmenti tizimi hali shakllanmagan bo‘lib, bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda sport menejmentini rivojlantirishning muhim jihatlari va mavjud muammolarni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada yosh bolalarning psixologik tarbiyasi va uning inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Bolaning psixik rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi, atrof-muhitga moslashuvi, o‘zini anglash va boshqalar bilan munosabat o‘rnatish qobiliyati, aynan go‘daklik va erta yoshdagi tarbiya jarayoniga chambarchas bog‘liqdir. Maqolada oiladagi muhit, ota-ona va tarbiyachilarning roli, mehr-muhabbat, tushunish va emotsional qo‘llab-quvvatlash kabi psixologik omillar yoritib berilgan. Shuningdek, bolaning xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, masalan, befarqlik, jazolash, e’tiborsizlik kabi holatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Muallif psixologik tarbiyaning sog‘lom jamiyat shakllanishidagi o‘rni va dolzarbligini asoslab beradi hamda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar hamda ota-onalar uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi.