Mazkur maqolada 15–17 yoshli sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda murabbiylarning metodik yondashuvlari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tezkor-kuch sifatining mazmuni, uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar, kuzatuvlar asosidagi natijalar va amaliy tavsiyalar yoritilgan. Tadqiqotlar natijasi murabbiylik jarayonida individual yondashuvning yuqori samara berishini ko‘rsatdi.
This article explores the concepts of cybercrime and cybersecurity, their significance in the present day, and their impact on society. Additionally, it discusses the main types of cybercrime, methods for their prevention, and approaches to ensuring information security.
Ushbu maqolada ogʻir atletika sport turi doirasida dast koʻtarish mashqining texnik, tarixiy va fiziologik xususiyatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Dast ko‘tarish harakati og‘ir atletikaning eng muhim va murakkab elementlaridan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu harakatning bosqichlari, treningga tayyorgarlik jarayoni, mushaklar va asab tizimining ishtiroki, energiya almashinuvi jarayonlari, hamda sportchilarning texnikasi va natijalarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berilgan. Shuningdek, dast ko‘tarishdagi jarohat xavfi va uni kamaytirish yo‘llari ham tahlil qilingan. Maqola og‘ir atletika bilan shug‘ullanayotgan sportchilar va murabbiylar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada tarmoq administratorlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni aniq qayd etish, ularni kuzatish va tahlil qilish maqsadida TACACS+ (Terminal Access Controller Access-Control System Plus) protokoli asosida monitoring tizimini loyihalash va amaliyotga joriy etish tajribalari ko‘rib chiqiladi. TACACS+ orqali markazlashtirilgan autentifikatsiya, avtorizatsiya va hisobga olish (AAA) xizmatlari yordamida tarmoq xavfsizligini ta’minlashning texnik va tashkiliy jihatlari yoritiladi.