Tug‘ruqdan keyingi psixoz (postpartum psychosis) - bu perinatal davrda uchraydigan og‘ir psixiatrik holat bo‘lib, onaning adekvat ong holatini yo‘qotishi, gallyutsinatsiyalar, deliriy va xatti-harakatlar buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi psixozning klinik ko‘rinishlari, sabablari, oqibatlari, xalqaro tajriba va O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilik doirasidagi yondashuvlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy san’at turi bo‘lgan baxshichilikning ta’limiy, tarbiyaviy va pedagogik imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. An’anaviy musiqaning yosh avlodning ma’naviy kamolotiga ta’siri, estetik tarbiyada tutgan o‘rni, pedagogik jarayondagi samaradorlik jihatidan o‘rganiladi. Musiqa va xalq ijodiyotining integratsiyasi asosida zamonaviy ta’lim metodikasini boyitish imkoniyatlari yoritiladi.
Ushbu maqolada arab tilshunosligining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy, uning hayoti va ijodi asarlari asosan “Al- Mufassal” kitobi xususida yoritiladi. Asar qayerda yozilganligi qanday tartibda berilganligi ya’ni ketma-ketligi haqida fikr yuritiladi. Shuning حرف جر lar haqida ham qisqacha aytib o‘tilgan.
Ushbu maqolada Abu Tohirxo'janing "Samariya" asarida keltirilgan gidronimlar lingvistik va etimologik jihatdan tahlil qilingan. Asarda keltirilgan sakkizta asosiy suv obyekti nomlari tarixiy va zamonaviy manbalarga tayanib o'rganilgan. Tadqiqot natijasida gidronimlarning kelib chiqishi, ma'no xususiyatlari va hozirgi kundagi ahamiyati aniqlangan.