Mazkur maqolada xalqaro arbitraj tizimi va transmilliy nizolarni hal etish jarayonida advokatlarning o‘rni va ularning vakillik faoliyatining ahamiyati tahlil qilingan. Arbitrajning xalqaro huquqdagi o‘rni, advokatlarning professional mas’uliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro arbitraj tizimiga integratsiyalashuvi jarayoni yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda xalqaro tajriba asosida advokatlarning amaliy roli ochib berilgan.
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda ingliz tili fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tili darslarini zamonaviy va samarali tashkil etish uchun nazariy asoslar va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida antroponimik birliklarning qo‘llanilishi, shoirning bunday nomlarni qo‘llashdan ko‘zlagan maqsadlari misollar asosida tahlil qilingan. Bunda, asosan, diniy nomlar (payg‘ambarlar, avliyolar va Qur’onda nomi keltirilgan kishilar) izohining lingvistik xususiyatlari tahlilga tortilgan.